$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 25-martning eng muhim voqealari dayjesti

3 25

4 milliondan ortiq daraxt ekildi

“Yashil makon” loyihasi doirasida daraxtlar ekish davom etmoqda. Loyiha doirasida respublikamizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyatida bugunga qadar hudud iqlimiga mos, chidamli 4 mln 539 ming 320 ta daraxt ko‘chatlari ekildi va jami bo'lib, 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi. 

Hozirda daraxt ekishning bahorgi mavsumiga start berilgan. 

Maktab oshxonalarida sotilishi mumkin bo‘lmagan ovqatlar ro‘yxati

“Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga ko‘ra, quyidagilar maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:  

• Go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);  

• Sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari;  

• Sun’iy konservantlari bo‘lgan «kiriyeshki», «xrustyashki» va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;  

• Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;  

• Veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;  

• Tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;  

• Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o‘zgargan, yorlig‘i bo‘lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har-xil turdagi konservalar;  

• Turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;  

• Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);  

• Xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog‘idan tayyorlangan hamda kalla go‘shti ruletlari, o‘pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;  

• Pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qo‘lbola qatiq, epizootik noxush xo‘jaliklardan olingan, shuningdek dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bo‘lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar;  

• Qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;  

• Kvas;  

• Xom dudlangan go‘shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa;  

• Sirka, xantal, xren(yerqalampir), o‘tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o‘tkir ziravorlar;  

• O‘tkir ta’mli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;  

• Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik va alkogol ichimliklar;   

• Pazandalik moylari, cho‘chqa yog‘i, margarin va boshqa gidrogen yog‘lar;  

• Danakli mevalarning mag‘zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz);  

• Okroshka va sovuq sho‘rvalar, yog‘da qovurilgan tuxum, pashtet, go‘sht va tvorogli quymoqlar.  

• Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida bo‘lishi taqiqlanadi.

Humoyun Sultonov chempion bo‘ldi

Hindistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan (ITF) erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi “M15 Chandigarh” xalqaro turniri yakunlandi.

Unda tennischimiz Humoyun Sultonov yakkalik bahslarining so‘nggi hal qiluvchi final bahsida mezbonlar vakili Ramkumar Ramanatan ustidan ikki setda 6:4, 6:2 hisobida ustun keldi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Faqat kovlab olishni bilamizmi?

25-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Yangi Namangan tumanidagi Gavhar Jewel Group korxonasida bo‘lgan chog'ida O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinayotgani, biroq uning atigi 6 foizi qayta ishlanayotganligi aytildi.

Korxona yiliga 1200 kg zargarlik buyumlarini sanoat usulida ishlab chiqarish quvvatiga ega. 2022-yilda ochilgan zavodda Turkiya, Italiya, AQSh va Germaniyadan keltirilgan uskunalar o‘rnatilgan. Loyiha qiymati 6,5 million dollar bo‘lib, shundan 3,5 mln dollari asbob-uskunalar, 1 mln dollari ishlab chiqarish majmuasi va 2 mln dollari xomashyo bazasini shakllantirishga sarflangan.