$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 20-martning eng muhim voqealari dayjesti

3 20

O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo‘jayevga yangi unvon topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev davlat hokimiyati vakillik organlari hamda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda milliy saylov tizimini umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, yuksak salohiyatli kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, tavalludining 70-yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston turizmi Moskvada

19—21-mart kunlari O’zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida bo‘lib o’tayotgan “MTT” xalqaro turizm ko’rgazmasida ishtirok etmoqda

Ko‘rgazmada ishtirok etish mamlakatning turizm salohiyatini va TXTY-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini ommalashtirish uchun yordam beradi. 

O’zbekiston stendi ko’rgazmadagi eng mashxurlaridan biriga aylanib, birinchi kunda O’zbekistonning turizm salohiyatini va madaniyatiga bag’ishlangan stendda milliy raqslar, hunarmandlar ijodi, turizm yo’nalishlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

“Zapravkalar”ni xususiylashtirish masalasi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistondagi eng yirik yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i bo‘lgan UNG Petro'ning xususiylashtirilishi bo‘yicha kelishuvni o‘rganmoqda

Qo‘mita raisi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, aksiyalar paketini sotish bo‘yicha bunday bitimlar O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi tufayli ko‘payib bormoqda, shuning uchun ham iqtisodiy konsentratsiya o‘zgarib bormoqda. U, shuningdek, UNG Petro xususiylashtirilishi bo‘yicha savol bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga murojaat qilishni maslahat berdi.

Petroleum Technology Group tomonidan xususiylashtirilgan “O‘zbekneftgaz”ning 80 ta yonilg‘i quyish shoxobchasining narxi kamida 100 mln dollar bo‘lishi mumkin.

Ilk ko‘chatlari o‘tqazib ulgurilgan Yoshlar bog‘ining kelasi ko‘rinishi

Sergeli tumanida 75 gektar maydonda 92 mln. dollarga baholangan Yoshlar bog‘i qurilishi boshlab yuborilgan. 

Yoshlar bog‘i poytaxt atrofida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida tashkil etilgan “yashil belbog‘”ning muhim qismi bo‘ladi.

Bog‘ yettita katta hududga bo‘linadi. Markaziy xiyobonda turli maydonlar, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar barpo etiladi.

Boqqa birinchi bosqichda ming tupdan ziyod kashtan, eman, sharq chinori, qizil kurtak, magnoliya, gujum kabi manzarali daraxtlar hamda buta va gullar ekiladi. Loyiha yakuniga qadar ularning soni 20 ming tupga yetadi.