$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 18-mart eng muhim voqealari dayjesti

positive-24-3-18

“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti

O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” nomli mashhur balet 16-17-mart kunlari Ozarbayjon Davlat akademik musiqali teatri sahnasida namoyish etildi. Raul Raymondo Rebekning bu spektakli qadimiy xalq raqsi bo'lmish Lazgiga bag'ishlangan bo'lib, Xorazm viloyati davlat filarmoniyasi raqqosasi Gulnoz Ortiqova ta’kidlashicha, asar ustida 4 yil ishlangan. “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti syujeti cho‘l jaziramasida shamanlar qo‘shig‘i ostida Sevgi uyg‘onadi va o‘lmas Ruh abadiy raqsini boshlaydi. O‘tmishdan kelajakka xayoliy sayohat – ko‘p asrlik an’analar va xalq temperamentini o‘zida mujassam etgan "Ko‘ngil" va uni barcha davrlarda kuzatib boradigan "Sevgi" hikoyasidan iborat.

O‘zbekiston yoshlari BMT yoshlar forumida 

12-14-mart kunlari O‘zbekiston yoshlari Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiya 67-sessiyasi doirasida BMT Yoshlar tashabbusi tomonidan tashkil etilgan yillik forumda ilk bor ishtirok etdi. Tadbirda dunyoning 27 davlatidan kelgan 35 nafar yosh mutaxassis giyohvandlikning oldini olish va yoshlar salomatligini mustahkamlash bilan bog‘liq muhim masalalarni muhokama qilishdi.

Aholini ro'yxatga olish yillari aniq bo'ldi

Joriy yil 4-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi va mazkur qaror bilan Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026-yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatildi. Bunga ko'ra, aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi, natijalari esa 2026−2027-yillarda tayyorlanishi hamda e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.  

Tabrikli qo'ng'iroq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni ushbu mamlakat prezidentligiga saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan dildan tabrilkadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.