$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yil 1-mart eng muhim voqealari dayjesti

3 1

Dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" turniri Toshkentda start oldi

"Humo arena"da dzyudo bo'yicha “Katta dubulgʻa” turniri start oldi

Toshkent katta sport turnirlari va o'yinlari o'yinlari o'tkaziladigan markazga aylanib bormoqda va bu shahar va O'zbekiston rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi.

“Katta dubulgʻa” dasturiga koʻra, bugun yengil vazn toifasidagi bellashuvlar oʻtkazilib, erkaklar -60 va -66 kg, ayollar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Navro'zda arzonroq uchamiz

Navro'z munosabati bilan “Uzbekistan Airways“ 21-24-mart kunlari amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma e'lon qilinmoqda.

Ushbu chegirmalardan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki chet el fuqarolari ham foydalanishlari mumkin. 

Chiptalarni esa bugundan boshlab, ya'ni 1-martdan xarid qilishingiz mumkin.

2023-yildagi dori vositalari xaridi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan ambulatoriya davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan 14 toifadagi shaxslarga 2023-yil davomida 468 120 ta retsept orqali 25 mlrd. so‘mlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi. Davlat buyurtmasiga ko‘ra, 2 154 784 doza grippga qarshi vaksinalar olib kelingan. Kompaniya tomonidan o‘tgan yilda 14,7 mlrd. so‘mlik 682 465 flakon insulin kirim qilingan. Shundan 272 825 flakon insulin Sog‘liqni saqlash vazirligiga yetkazib berildi. 

2024-yilda qancha uy qurilishi reja qilingan?!

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Xorazmda joriy yil davomida 119 ta ko‘p qavatli uy qurib, 3,5 mingta oilaning yashash sharoitini yaxshilash, "Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil etilib, 100 ta ko‘p qavatli uy qurilishini boshlash reja qilindi. Mutasaddilarga Xiva shahri, Shovot va Hazoraspni urbanizatsiya bo‘yicha namunali hududga aylantirish choralarini ko‘rish topshirildi.