$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Aholi soni faqat tug‘ilish hisobiga ko‘paymagan

population odamlar aholi xalq jamoa tirbandlik

Ma’lum bo‘lishicha, aholining hajmi 1 km. ga nisbatan bir yilda 1,8 kishiga oshgan. Shu bilan birga fuqarolik berish ham 6 yil ichida anchagina yirik raqamlarda ortgan. 

1 km kv.ga 82 kishi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 km kv. yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelmoqda.

Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,8 kishiga ortgan. Ma’lumot uchun, 2023-yil 1-yanvar holatiga 1 kv km ga 80,2 kishi to‘g‘ri kelgan.

Aholi soni qanday?

Shuningdek, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36,8 mln. kishini tashkil etmoqda.

Unga ko‘ra, shahar joylarda – 18 768,5 ming kishi, qishloq joylarda – 18 031,3 ming kishi.

Fuqarolik masalasi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017–2023-yillar davomida 80 543 nafar odam O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Bu esa yiliga qariyb 13 424 nafar qo‘shimcha fuqaro deganidir.

Mazkur raqamlarni mustaqillikdan 2016-yilgacha bo‘lgan davr bilan solishtirganda anchagina katta tafovut yuzaga kelgan. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston 1991–2016-yillar oralig‘ida 482 nafar odamga fuqarolik pasportini bergan.

 Bunga sabab nima?

"Yuksalish" harakatining yozishicha, O‘zbekiston 2024-yilgacha fuqarosizlikka barham berish bo‘yicha #IBelong (#MenMansubman) global kampaniyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Mazkur faoliyat BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan.