$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Poytaxtda chiqindixonalarda ham yemak sotilmoqda

Pirojkixona

Ma'lum bo'lishicha, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi chiqindixonalarning birida “pirojkixona” tashkil qilingani aniqlangan. Bu vaziyatga Sanepidqo‘mita o'zining rasmiy sahifasida munosabat bildirib o'tdi.

Qiziqarli bahona

Aniqlanishicha, Yunusobod tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan. Natijada fuqaro U.A.Madalov tomonidan mahsulot sotilayotgan obyekt noqonuniy tarzda tashkil qilingan bo‘lib, pirojki mahsulotini ushbu obyektda tayyorlamay, olib kelib sotayotgani aniqlangan.

O‘rganishlar davomida mahsulotni saqlash, uni sotish uchun sanitariya talablariga mos ravishda joy tayyorlanmagani va ushbu hududda bu kabi savdoni amalga oshirish uchun hech qanday ruxsatnoma (tegishli hujjat) yo‘qligi maʼlum bo‘lgan.

Buzdirilib tashlandi

Bunday noqonuniy tarzda tashkil qilingan hududda oziq-ovqat mahsulotlarini sotmaslik tushuntirilib o‘tilgach, savdoni to‘xtatish va noqonuniy qurilmani o‘z xohishi bilan oldirib tashlash bo‘yicha tushuntirish xati olingan va shundan so‘ng tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu noqonuniy qurilma buzdirilib, mahsulot savdosi to‘xtatilgan.