$
 12654.13
67.72
 14817.99
59.17
 161.18
0.76
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda futbol mavsumi yakunlandi

okmk

O‘zbekiston chempionatida mavsum yakunlanib, so‘nggi tur natijalariga ko‘ra kumush, bronza medallar sohiblari hamda quyi ligaga tushib ketgan jamoa nomi aniqlandi. 

Yakuniy natijalar

OKMK o‘z uyida "Qizilqum"ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Namanganda o‘tgan vodiy derbisida kubok finalida bo‘lganidek o'yin sodir bo'ldi va "Navbahor" 90+7-daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi va shu bilan birga 11-bor bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Pley-off ishtirokchilari

So‘nggi o‘rindagi "Metallurg" kutilmaganda chempion "Nasaf" maydonida g‘alaba qozonib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. Natijada "Neftchi" bilan durang o‘ynagan "Lokomotiv" Proligaga ravona bo‘ldi. "Metallurg" "Surxon"ga yutqazgan "Olimpik" bilan birga Pro liga jamoalari — "Qo‘qon-1912" hamda "Sho‘rtan"ga qarshi o‘tish bosqichida qatnashadi.

Superliga to‘purarlari

Dragan Cheran ketma-ket oltinchi mavsum Superliga to‘purarligini qo‘lga kiritdi. Serbiyalik hujumchi bu mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushib 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Теги :
Jamiyat