$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi yoshga doir pensiya fuqarolarning murojaatisiz tayinlanishi mumkin

pensiya

O‘zbekistonda yoshga doir pensiyani proaktiv shaklda, ya’ni jismoniy shaxslarning murojaatlarisiz tayinlash tartibi joriy etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Proaktiv shakl

Qayd etilishicha, palataning Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida nafaqalarni tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq ishlarni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqilgan. Mazkur qonun loyihasi bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunlarga nafaqalarni tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Ya’ni, pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar – 60 yosh, ayollar – 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyasini ularning alohida murojaatini talab etmagan holda fuqaroning ish staji, ish haqi va boshqa ma’lumotlarini vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida bir kun muddatda proaktiv shaklda tayinlash tartibini joriy etish belgilanmoqda.

Теги :
Jamiyat