$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Dard ustiga chipqon: Terimchi topolmayotgan dehqonlar yomg‘irdan ham zarar ko‘rmoqda

Paxta

Aholi ko‘p istiqomat qiluvchi hududlarda joriy kuzatilayotgan tinimsiz yog‘in omili katta paxta dalalariga ham ta’sir qilib, ko‘plab fermerlarning ta’bini xira qildi. Dalada terilmay qolgan paxta tolalari past sortga aylanmoqda.

Yomg‘irning paxtaga ta’siri

Shundoq ham fermer va klaster o‘rtasidagi paxta shartnoma shartlari va terim uchun belgilangan narx muammolari tugab-tugamasdan turib, endi mana bu tabiat omili ularning yil bo‘yi yig‘ib yurgan so‘nggi umidlarini ham to‘liq puchga aylantirdi. Mutaxassislarning fikricha, kuzning o‘tgan 1.5 oyi paxtani dalalardan terib olish uchun juda xam qulay ob-havoni taqdim etgan edi. Ammo endilikdagi tinimsiz yog‘in omili o‘sha hosilni paxta dalalaridan terib oladigan “kuchning” yo‘qligi sabab, hatto birinchi terim boshlanmagan ba’zi paxta dalalarida oppoq tolani sifatsiz tolaga aylantirishda davom etmoqda.

Terimchi muammosi

Ayni vaqt O‘zbekistonda paxta terimi goʻyo avj pallasida. Ammo paxta tergani odam yo‘q. Fermerlar paxtasini tergizgani mardikor topishga qiynalmoqda. Sababi esa oddiy. Terilgan har bir kilo paxta uchun beriladigan 1 500 ming so‘m odamlarni qanoatlantirmayapti. Yaxshi terimchi, agar paxta yaxshi bo‘lsa, bir kunda 100 kilo terishi mumkin. Bu 150 ming so‘m yoki bir yarim kilo go‘sht degani. Qisqa qilib aytganda, ishga nisbatan belgilangan narx uning mehnatiga arzigulik emas.

Mehnat mashaqqati

Ertadan kechgacha ikki bukilgan holda grammlab paxta terishning o‘zi bo‘lmaydi. Bel qotib, og‘riydi, barmoqlar chanoqlarning o‘tkir nishlariga sanchilib qontalash bo‘ladi. Quyosh miyadan uradi. Hatto kambag‘al oilalar ham bu to‘lovning mehnatga yarasha emasligini bilib paxta terishdan bosh tortmoqda, boshqa mehnati kamroq va daromadi ko‘proq kunlik ishlarni tanlashmoqda.

Теги :
Иқтисодиёт