$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda xorijga chiqish biometrik pasporti pochta orqali yetkazib beriladi

pasport

Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Huquqiy axborot telegram kanali xabar berdi.

Hujjatlarga o‘zgartirish kiritildi

Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash hamda xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

Bolani chet davlatda qoldirganlik uchun ham javobgarlik bor

Shuningdek, endilikda voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi boshidan xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 11 nafar bola mamlakatga qaytarilgani haqida xabar bergan edik. Ular Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi davlatlardan olib kelindi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi voyaga yetmaganlarning oilalari va O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlarini o‘rganib, ularning og‘ir turmush sharoitida qoldirilganini baholaydi. Keyinchalik ularga bolaning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda psixologik yordam, huquqiy maslahatlar, o‘qishga joylashtirish va boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Теги :
Jamiyat