$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Paradoks: Kimning gapiga ishonish kerak, AOKA direktori yoki UNICEF?

Internet

Toshkent shahrida tashkil etilgan tadbirda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha ayrim ma’lumotlarni ochiqladi. Qiziqarlisi, u UNICEF xalqaro tashkilotining 2024-yil holatiga ko‘ra Internet tarmog‘ining tarqalishi bo‘yicha baholash hisobotidagi ma’lumotlarga biroz ters kelmoqda.

Barcha ijtimoiy tarmoqlarning 66 million auditoriyasi bor

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 32 million kishidan oshgan. Bugun mamlakatdagi barcha ijtimoiy tarmoqlarning 66 million auditoriyasi bor. Xususan, Telegram’dan 28 million kishi foydalanadi. Hozirda O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari soni 2340 taga yetgan. Shundan internet saytlari 738 tani tashkil etmoqda. OAVning 65 foizi nodavlat hisoblanadi.

UNICEF hisoboti

Yuqoridagi ma’lumotlar UNICEF xalqaro tashkilotining 2024-yil holatiga ko‘ra Internet tarmog‘ining tarqalishi bo‘yicha baholash hisobotidagi ma’lumotlarga biroz ters kelmoqda. Unga ko‘ra, mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi — 53,9 foizi, asosan qishloq yoshlari va ayollar internetdan “hech qachon” foydalanmaydi. Aholining atigi to‘rtdan bir qismi, asosan, shahar aholisi va erkaklar har kuni internetdan foydalanadi. Aholining 38 foizi, ayniqsa, ayollar va qishloq yoshlari kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega emas. 

Qizlar internetdan o‘g‘il bolalarga qaraganda kam foydalanadi

Hisobotda yana ma’lum qilinadiki, O‘zbekistonda qizlar va o‘smir qizlar internetdan o‘g‘il bolalarga qaraganda ancha kam foydalanadi. 14—30 yoshdagi yoshlar o‘rtasida internetdan foydalanishning kunlik ko‘rsatkichi — 16 foiz, ayollar o‘rtasida 38 foizga nisbatan o‘g‘il bolalar o‘rtasida. Shuningdek, 68 foiz ayol respondentlar hech qachon internetga chiqmaganliklarini aytishgan. Erkak respondentlar orasida bu ko‘rsatkich ikki baravar past — 34 foiz. Mamlakatning internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan aholisi o‘rtasida ham farq bor. Unga ko‘ra, 30 foiz ayollar, 15 foiz erkaklar internetda hech qachon muloqot qilinmaydi.

Hududlar o‘rtasida sezilarli farq mavjud

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda internetga kirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida sezilarli farq mavjud:

  • boy uy xo‘jaliklari orasida — qariyb 93 foiz;
  • kambag‘al uy xo‘jaliklari orasida — 64 foiz;
  • shahar tumanlarida — 86 foiz;
  • qishloq joylarda — 78 foiz.

Raqamli tafovut

Raqamli tafovut aholiga resurs va imkoniyatlardan teng foydalanish imkonini bermayapti. Internetga ulangan uy xo‘jaliklari foizi (viloyatlar bo‘yicha):

  • Toshkent — 94,9 foiz;
  • Toshkent viloyati, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari — 87,5 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston, Xorazm — 83,5 foiz;
  • Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari — 81 foiz;
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari — 77,8 foiz;
  • Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari — 75,8 foiz.
Теги :
Жамият