$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

4 vazirlik xodimlari tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqda

tadbirkorlik

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda. Tezkor tadbirlarda ma’lum bo’lishicha, 160 nafar boshqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi.

Ekologiya, Tog'-kon, Oliy ta'lim, Energetika vazirliklari xodimlari ham ishchi ham tadbirkor

Ma’lum qilinishicha, Agentlik tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilib quyidagi holatlar aniqlandi.

Jumladan:

- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta;

- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta;

- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta;

- Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischi sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi maʼlum bo‘ldi.

Vazirliklarga taqdimnomalar kiritilgan va xodimlar ogohlantirilgan

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha mazkur vazirliklarga Agentlikning taqdimnomalari kiritildi.

Shuning bilan birga, vazirliklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari hozirda bartaraf etilmoqda.

Agentlik fuqarolarga murojaat qilmoqda

Davlat fuqarolik xizmatchilariga “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanganligini eslatib o‘tamiz.

Agentlikning fuqarolarga murojaat qilishicha, agarda fuqarolar korrupsiyaga duch kelishgan taqdirda agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidlaydi.