$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sirdaryo va Namanganda 3,5 mlrd. so‘mga yaqin tabiiy gaz noqonuniy yoqilgan

gaz

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan hamkorlikda Sirdaryo va Namanganda o‘tkazilgan nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Qonunbuzilish holati

Aniqlanishicha, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “M.G.” MCHJda gaz hisoblagichiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻa uzilib, 223,3 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

O‘xshash holat Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani “Qurama” MFYda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.O.”ga qarashli issiqxona qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm polietilen quvur orqali gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib 3,2 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

“Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi”

“O‘zenergoinspeksiya” tashkiloti fuqarolarga murojaat qilib, elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoʻli bilan talon-toroj qilish holatlari uchun qonunchilikda belgilangan qatʼiy choralar koʻrilishi haqida ogohlantirmoqda.