$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda bir porsiya palovni qanchaga sotib olish mumkin?

palov

Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi.

Eng arzon palov — Namanganda

O‘rganishlarga ko‘ra, hududlar kesimida 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:

1. Toshkent shahri – 34 500 so‘m

2. Buxoro viloyati – 33 700 so‘m

3. Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m

4. Samarqand viloyati – 30 500 so‘m

5. Andijon viloyati – 30 200 so‘m

6. Xorazm viloyati – 30 000 so‘m

7. Jizzax viloyati –28 800 so‘m

8. Surxondaryo viloyati – 28 600 so‘m

9. Toshkent viloyati – 27 300 so‘m

10. Navoiy viloyati – 26 800 so‘m

11. Farg‘ona viloyati – 26 600 so‘m

12. Qoraqalpog‘iston R. – 25 700 so‘m

13. Sirdaryo viloyati – 25 700 so‘m

14. Namangan viloyati – 22 200 so‘m

Agentlikning eslatib o‘tishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi

Shuningdek, palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini obyektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan obyektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Agentlikning palov narxlari bo‘yicha oktyabr oyidagi ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda palovning narxi qimmatlashayotganligi ma’lum bo‘lgan edi.