$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonda palovning narxi qimmatladi

Osh

Statistika agentligi O‘zbekiston hududlarida oktyabr oyida bir porsiya palovning o‘rtacha narxi qanday qiymatda bo'lganligini ma'lum qildi.

Palovning viloyatlar kesimidagi qiymati

Statistika agentligi ma’lumotida qayd etilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha eng qimmat palov Toshkentda bo‘lib, uning o‘rtacha narxi 34 500 so‘mni tashkil qiladi. Eng arzon palov esa Namangan viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Uning o‘rtacha qiymati 22 200 so‘m. 2024-yil oktyabr oyida viloyatlarda palovning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinishda:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 25 700 so‘m;
  • Andijon viloyati — 29 200 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 33 700 so‘m;
  • Jizzax viloyati — 28 800 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 30 700 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 26 800 so‘m;
  • Namangan viloyati — 22 200 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 30 500 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 28 600 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 25 700 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 27 300 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 25 300 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 30 000 so‘m;
  • Toshkent shahri — 34 500 so‘m.

Statistika qay mezonga ko‘ra tuzilgan?

Reytingdagi narxlar ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan. Palov narxlarini ro‘yxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar o‘zgarishini obyektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan obyektning o‘tgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.

Ikki oy avvalgi vaziyat  

Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari 2024-yil avgust oyi uchun quyidagicha qiymatni tashkil etgan:   

  • Qoraqalpog‘iston R. – 25 300 so‘m    
  • Andijon viloyati – 26 400 so‘m    
  • Buxoro viloyati – 31 200 so‘m    
  • Jizzax viloyati –27 900 so‘m    
  • Qashqadaryo viloyati – 28 100 so‘m    
  • Navoiy viloyati – 26 200 so‘m    
  • Namangan viloyati – 21 600 so‘m    
  • Samarqand viloyati – 30 000 so‘m    
  • Surxondaryo viloyati – 27 900 so‘m    
  • Sirdaryo viloyati – 24 600 so‘m    
  • Toshkent viloyati – 25 700 so‘m   
  • Farg‘ona viloyati – 24 400 so‘m  
  • Xorazm viloyati – 28 900 so‘m  
  • Toshkent shahri – 31 400 so‘m

Palov narxi qimmatlashmoqda

Yuqoridagi ma'lumotlar avvalgilari bilan taqqoslansa, o‘tgan 1 yil davomida palov narxi hududlar bo‘ylab 23,7%gacha qimmatlaganiga guvoh bo'lamiz. (2023-yil oktyabrdan 2024-yil oktyabrgacha. Ya’ni palov narxi rasmiy inflyatsiyadan yuqori sur’atlarda, O‘zbekistonning yarmida karrasiga yuqori sur’atlarda oshgan. Masalan, palov devziraning koni bo'lgan Andijonda 23,7%ga, qolgan guruchlarning vatani hisoblangan Xorazmda 21,0%ga, respublikaning barcha oshlari jamlangan va eng ko‘p osh yeyiladigan poytaxtda esa 19,1%ga qimmatlagan. 

Теги :
Iqtisodiyot