$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yildan tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari oshiriladi

oylik

O‘zbekistonda 2025-yilda sog‘liqni saqlash sohasi uchun davlat byudjetidan 41 trillion so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda bugun, 24-dekabr kuni Prezidentga sog‘liqni saqlash sohasidagi 2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida berilgan maʼlumotlarda keltirilgan.

Kelgusi yilda sog‘liqni saqlash sohasida yangi shifoxonalar tashkil etish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, va aholini kengroq tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish kabi dolzarb masalalar hal qilinishi kutilmoqda.

 Birlamchi tibbiy yordamga e’tibor  

Prezidentning topshirig‘iga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida sifatni oshirish uchun hududlarda tizimli yondashuvni kuchaytirish zarur. Ayniqsa, chekka va qiyin hududlarga alohida e’tibor qaratiladi. Bu jarayonda Turkiya ekspertlari bilan hamkorlikda bir qator hududlarda tibbiy xizmatlar tahlil qilinmoqda.  

“Oʻrganishlar natijasida aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmatlarini tizimli isloh qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Birlamchi boʻgʻin transformatsiyasini isloh qilish

Mutasaddilarga masalani chuqur tahlil qilib, birlamchi boʻgʻin transformatsiyasi boʻyicha qaror loyihasi tayyorlash topshirilgan. 

Ma'lum qilinishicha, ushbu yoʻnalish xodimlarining malaka oshirish dasturi takomillashtiriladi. Nazariy bilim va koʻnikmalarni egallashdan kompetensiyalarni rivojlantirishga bosqichma-bosqich oʻtiladi.

Shuningdek, kelgusi yil tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari oshiriladi. Oilaviy shifokorlarning mehnat samaradorligi asosida ustama toʻlash tartibi joriy qilinadi. 

6 ta tumanda davlat tibbiy sugʻurtasi amaliyotlari joriy etiladi

Hududlarga boʻlayotgan e'tibor izchil davom ettiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida davlat tibbiy sugʻurtasi amaliyotlari joriy etiladi. Markazlashgan laboratoriya xizmatlari kengaytiriladi. “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etilib, tibbiy jihozlardan foydalanish elektron tizim orqali nazorat qilinadi.

Yana 35 ta yoʻnalishdagi 400 ta milliy klinik protokollar ishlab chiqiladi. 7 ta ixtisoslashgan markaz va 2 ta oliy ta'lim muassasasi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

Теги :
Jamiyat