$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi yil bayrami tadbirlarida xavfsizlik qanday ta’minlanadi?

bayram

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Qoraqalpog ‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda “Prezident archasi” tadbirlari hamda “Yangi yil bayrami”ni yuqori saviyada o‘tkazilishi belgilandi. Bayram tadbirlari davomida namunali jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida hamkorlikda barcha tashkiliy, profilaktik, tezkor-qidiruv va boshqa chora-tadbirlar belgilab olindi.Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma’lum qildi.

Asosiy bayram tadbirlarida 1 million nafar fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda

Ma’lum qilinishicha, 25-dekabr kunidan boshlab “Prezident archasi” tadbirlari 14 ta obyektlarda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, unda 7 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 640 nafarga yaqin shaxsiy tarkib jalb etilgan.

Asosiy bayram tadbirlari respublikamizning 240 dan ortiq obyektlarida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, tadbirlarda taxminan 1 mln. nafar fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha 16 mingdan ziyod kuch-vositalar safarbar etiligan. Xodimlarga 7 078 ta aloqa, 1 482 ta avtotransport, 2 251 ta metallodetektor, 677 ta metallorama hamda 285 bosh xizmat iti ajratilgan.

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlar atrofiga intellektual videokameralar o‘rnatilib, monitoring markazlariga integratsiya qilingan.

Tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda adashib qolgan yosh bolalarni vaqtincha saqlash uchun xonalar tashkil etilib, ularga mas’ul xodimlar biriktirilgan.

Tadbirlar o‘tkaziladigan hududlarga 2 ming nafar YHXX xodimlari jalb etiladi

Shuning bilan birga, “Prezident archasi” hamda “Yangi yil bayrami” tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda harakat xavfsizligini ta’minlashga qariyb 2 ming nafar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari jalb etilgan.

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 324 ta avtoturargohlar tashkil etilib, ushbu joylarning qo‘riqlanishi ta’minlanadi, transport vositalarining tartibsiz qoldirib ketilishi va evakuatsiya yo‘llarining to‘sib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tirbandliklar yuzaga kelmasligi uchun choralar ko‘riladi

Tadbir o‘tkaziladigan obyektlar atrofida tirbandliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida ayrim ko‘chalarga vaqtinchalik yo‘l belgilari o‘rnatilib, aylanma yo‘llari tashkil etiladi.

Favqulodda holatlar yuzaga kelganda, fuqarolar va transport vositalarining evakuatsiyasini tashkil etish maqsadida, obyektlar oldiga 192 ta nuqtada maxsus texnikalar joylashtiriladi.

Belgilanishicha, aholi gavjum bo‘ladigan tungi ko‘ngilochar joylar atrofida transportni yetkazib berish xizmatlari tashkil etiladi.