$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

2 milliard ichida hamma xarajatlar bor

Madvazirlik

O'zbekistonga franshizasi kirib kelgan "The Voice" loyihasining taqdimoti bo'lganidan so'ng ochiqlangan ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Shundan so'ng Madaniyat vazirligi “Ovoz”ga ajratilgan mablag' yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.  

Loyiha vazirlikga qanchaga tushgan?

Unda ta'kidlanishicha, “The Voice of Uzbekistan” teleshousini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha Buyuk Britaniyaning “ITV Studios Limited” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan “The Voice” (“Golos”) litsenziyasi (franshizasi) “Talent show” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 5 mlrd. so‘mdan ortiqroq mablag‘ evaziga sotib olingan hamda teleloyihani tashkilashtirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar amalga oshirilgan. "O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda “Talent show” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashabbusiga ko‘ra yo‘lga qo‘yilayotgan “The Voice of Uzbekistan” loyihasidan mamlakatimizdagi iqtidor egalarini qidirib topish, ularga iste’dodini yuzaga chiqarish uchun imkoniyat yaratish, “ustoz-shogird” an’anasini mustahkamlash kabi ezgu maqsad ko‘zlangan", - deyiladi vazirlik munosabatida

Barcha chiqimlar 2 milliard ichida

Teleloyihani to‘liq ishga tushirish va taklif etilgan ishtirokchilarning ustozlari, sozanda va boshqa tashkilotchilarga gonorar to‘lovlarini to‘lab berish maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan 2 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Xarajatlar miqdori soliq va boshqa yig‘imlarni hisobga olgan xolda ko‘rsatib o‘tilgan.

Vazirlik ta'kidlashicha...

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan har kim munosib mehnat qilish va mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yigan. Shunga ko‘ra, teleloyihadagi ustozlar, sozandalar va boshqalarga mehnatlari uchun munosib haq to‘lanishi nazarda tutilgan. Madaniyat vazirligi tomonidan rejalashtirilgan mazkur xarajatlar teleloyihani tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning 30 foizini tashkil etadi. "Shu o‘rinda vazirlik har doim ochiqlik, shaffoflik va so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashini, jamoatchilik bilan o‘zaro muloqotga hamisha tayyorligini bildiramiz", - deya xulosa qilgan vazirlik.