$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Olimlar keksa yoshli kishilar organizmida hosil bo‘ladigan xavfli moddani aniqladi

osteoporoz

Yosh o‘tgan sayin inson suyaklari mo‘rtlashib boraveradi. Tibbiyotda bu patologiya osteoporoz deb atalishi ma’lum. Kasallik ko‘pincha organizmda kalsiy ionlarining suyaklarga yaxshi singmasligi oqibatida yuzaga keladi. 

Alsgeymer xavfini oshiradi

Xitoy olimlari yosh bilan bog‘liq ushbu xastalik Alsgeymer xavfini oshirishini aniqladi. Buning uchun suyaklardan ajralib chiqadigan sklerostin moddasi odam aqliy qobiliyati va ruhiy holatiga qanday ta’sir qilishi tadqiq etildi. Ma’lum bo‘lishicha, keksa bemorlar suyaklarida ko‘p miqdorda sklerostin hosil bo‘lib, so‘ng butun tana bo‘ylab tarqaladi. Mutaxassislar mazkur modda qon tarkibi va orqa miya suyuqligida ayniqsa yuqori darajasida bo‘lishini o‘rgandi. 

Xo‘sh, bu nimani anglatadi? 

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sklerostin moddasi neyronal signal uzatilishiga to‘sqinlik qilib, asab hujayralari yaxlitligini buzadi. Bu jarayon kognitiv qobiliyat pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Vaholanki, shu paytgacha osteoporoz Alsgeymer kasalligiga chalingan bemorlarda, jismoniy faollik va D vitamini yetishmasligi oqibatida rivojlanadi, deb qaraladi. Xitoy tadqiqotchilari esa buning aksini isbotlashdi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu yangilik neyrodegenerativ kasalliklarni davolashda ilg‘or yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.