$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Palov indeksi: Eng qimmat osh Toshkent shahrida sotilmoqda

osh

Statistika agentligi 2025-yilning yanvar oyi uchun “Palov indeksi”ni e’lon qildi.

Eng arzon osh Namanganda

Osh markazlarida eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan boʻlib, bir porsiya osh narxi 35 700 soʻmni tashkil qilgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida – bir porsiyasi 23 000 soʻmdan sotilgan.

Mamlakat hududlarida 1 porsiya oshning oʻrtacha narxi quyidagicha boʻlgan:

Toshkent shahri — 35 700 so‘m;

Buxoro viloyati – 33 900 soʻm;

Xorazm viloyati – 31 900 soʻm;

Andijon viloyati – 31 200 soʻm;

Qashqadaryo viloyati – 30 700 soʻm;

Samarqand viloyati – 30 500 soʻm;

Surxondaryo viloyati – 29 200 soʻm;

Jizzax viloyati –28 800 soʻm;

Toshkent viloyati – 27 300 soʻm;

Navoiy viloyati – 26 800 soʻm;

Fargʻona viloyati – 26 600 soʻm;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 26 100 soʻm;

Sirdaryo viloyati – 25 700 soʻm;

Namangan viloyati — 23 000 so‘m;

O‘tgan yildagi palov narxlari

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda indeksda 1 porsiya palovning o‘rtacha narxi taxminan 15,6 foizga oshgan edi.

2023-yilning dekabridan 2024-yilning dekabrigacha ushbu taomning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxi 24 978 so‘mdan 28 885 so‘mgacha ko‘tarildi. Ma’lumot uchun, bu yerda hududlarning og‘irligi (masalan, aholi soni yoki sotilgan palov porsiyasi) hisobga olinmaydi, balki shunchaki o‘rtacha arifmetik hisoblanadi. Ma’lumotlar salmog‘ini hisobga olgan holda ko‘rsatkich har bir hududning hissasiga qarab farq qilishi mumkin.

2024-yil dekabr oyida palovning hududlar bo‘yicha o‘rtacha narxlari quyidagicha shakllangan:

·     Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 25 700 so‘m;

·     Andijon viloyati - 31 200 so‘m;

·     Buxoro viloyati - 33 700 so‘m;

·     Jizzax viloyati - 28 800 so‘m;

·     Qashqadaryo viloyati - 30 700 so‘m;

·     Navoiy viloyati - 26 800 so‘m;

·     Namangan viloyati - 22 200 so‘m;

·     Samarqand viloyati - 30 500 so‘m;

·     Surxondaryo viloyati - 28 600 so‘m;

·     Sirdaryo viloyati - 25 700 so‘m;

·     Toshkent viloyati - 27 300 so‘m;

·     Farg‘ona viloyati - 26 600 so‘m;

·     Xorazm viloyati - 30 900 so‘m.

Palov indeksi

Palov indeksi — bu bigmak indeksi va olivye indeksining analogi. Ushbu ko‘rsatkich oziq-ovqat mahsulotlari narxlari qanday o‘zgarishini tushunishga yordam beradi, shuningdek, xarid qobiliyati paritetini (XQP) aniqlashning norasmiy usuli hisoblanadi.

Statistika agentligi mamlakatdagi eng mashhur taomning tarkibiy qismlari asosida palov indeksi uchun ma’lumotlarni tayyorlaydi. Buning uchun barcha viloyat markazlarida joylashgan yirik umumiy ovqatlanish korxonalarida, shu jumladan “Osh markazi”da 1 kg palov uchun masalliqlar ro‘yxati hamda ularning narxi bo‘yicha ma’lumotlar shakllantiriladi.