$
 12136.92
14.85
 14191.70
4.03
 159.99
3.6
weather
+26
Кечаси   +14°

“Titanik”dan ko‘ra yaxshiroq: Endilikda eng yaxshi film qaysi?

Oscar

Dunyo bo‘ylab kino ixlosmandlari uzoq vaqtdan beri kutgan eng mashhur va nufuzli mukofotlar — Amerika Kinoakademiyasining 98-“Oskar” mukofotining nomzodlari e’lon qilindi. Har yili bo‘lgani kabi, nomzodlar orasida eng yaxshi film, rejissyor, aktyor va aktrisalarning jiddiy bahs-munozaralari, shuningdek, kino sanoatining eng yuqori cho‘qqilari haqida so‘z boradi. Bu yilgi ro‘yxat esa diqqatni tortmoqda, chunki “Oskar” rekordi yangilandi.

Beverli-Hillzdagi Samuel Goldvin teatrida Daniel Bruks va Lyuis Pullman tomonidan olib borilgan translyatsiyada 24 ta nominatsiya bo‘yicha da’vogarlar nomi oshkor etildi. Yangi kategoriyalar, kutilmagan nomzodlar va eng yaxshi filmlar bilan to‘ldirilgan 2026-yilgi “Oskar” mukofoti marosimi kino olamidagi eng muhim voqeaga aylanishi aniq.

“Oskar” rekordi

Rayan Kuglerning “Gunohkorlar” vampir dramasi 16 ta nominatsiya bilan rekord o‘rnatdi va “Oskar” tarixida eng ko‘p nominatsiyaga loyiq ko‘rilgan film bo‘ldi. Avvalgi rekord 14 ta nominatsiya bilan “Hamma Yeva haqida” (1950), “Titanik” (1997) va “La-La Land” (2016) filmlariga tegishli edi. “Gunohkorlar” deyarli barcha asosiy yo‘nalishlarda, jumladan, “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi aktyor” (Maykl B. Jordan), “Eng yaxshi original ssenariy” va texnik nominatsiyalarda ishtirok etdi.

Yetakchi filmlar va studiyalar

“Gunohkorlar”dan keyin 13 ta nominatsiya bilan Pol Tomas Andersonning “Jang ortidan jang” filmi keldi. Warner Bros. studiyasi bu yilgi mavsumda juda muvaffaqiyatli bo‘ldi, 30 dan ortiq nominatsiya bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijalaridan birini qayd etdi. Shuningdek, “Frankenshteyn”, “Marty Supreme” va “Sentimentalnaya sennost” filmlarining har biri 9 tadan nominatsiya olishdi. Mustaqil kino tarqatuvchisi bo‘lgan NEON studiyasi esa “Eng yaxshi xalqaro film” kategoriyasida 5 ta o‘rindan 4 tasini egallab, katta e’tibor qozondi.

Eng yaxshi aktyor kim bo‘ladi?

“Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida Timoti Shalame, Leonardo Di Kaprio, Maykl B. Jordan, Itan Xouk va Vagner Moura o‘rtasida kuchli kurash bo‘lishi kutilmoqda. “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida esa Jessi Bakli, Rouz Birn, Keyt Xadson, Renata Reynsve va Emma Stounning ismlari tilga olinmoqda. 73 yoshli britan aktyori Delroy Lindo o‘zining birinchi “Oskar” nominatsiyasini olganini e’lon qilindi, bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.

25 yillik o‘zgarish

2026-yilgi marosimda Kinoakademiyaning tarixida 2001-yildan beri yangi “Eng yaxshi kasting” nominatsiyasi qo‘shildi. Bundan tashqari, ovoz berish tizimiga ham o‘zgartirishlar kiritildi: endi akademiya a’zolari har bir nominatsiya uchun o‘sha yo‘nalishdagi barcha nomzod filmlarini ko‘rganliklarini maxsus ilova orqali tasdiqlashlari talab qilinadi.

“Nomzodsiz” qolganlar

Bu yilgi eng katta kutilmagan holat “Wicked: For Good” filmi nomzodsiz qolishi bo‘ldi. Shuningdek, rejissyor Gilermo del Toro (“Eng yaxshi rejissyor”), aktyorlar Pol Meskal va Cheiz Infinitilar ham nominatsiyalardan chetda qolishdi. Syurprizlar qatorida esa “F1” filmi “Eng yaxshi film” nominatsiyasiga kirishi va Keyt Xadsonning nomzodi tilga olinmoqda.

98-“Oskar” mukofotini topshirish marosimi 2026-yilning 15-martida Los-Anjelesdagi Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi. Kechani mashhur komik Konan O’Brayen boshqaradi va marosim ABC telekanali hamda Hulu platformasida jonli efirda uzatilishi rejalashtirilgan.

Теги :
Jamiyat