$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada qolib ketgan bolalar O’zbekistonga qaytarildi

Bolalar

2024-yilning fevral oyida Namanganlik oila farzandlarining Rossiyada qolib ketgani sababli Bolalar ombudsmani kotibiyatidan yordam so’rab murojaat qilgan edi.

Farzandini kaltakladi

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga joriy yilning 19-fevral kuni Namangan viloyatida yashovchi X.X. (ayol) dan murojaat kelib tushgan edi.

 Murojaatda X.X. Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘zining 2012-yilda tug‘ilgan qizi N.U., 2015-yilda tug‘ilgan o‘g‘li J.N. hamda turmush o‘rtog‘i K.G. bilan birga yashaganligini ma’lum qilgan. X.X. 2024-yilning 12-fevral kuni K.G. o‘g‘li J.N. ni urganligi sababli bola politsiya tomonidan kasalxonaga joylashtirilganligini, xorijda yashashga oid tegishli hujjatlar taqdim etsa, politsiya bolani onaga qaytarishini ma’lum qilganligini, hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun Qozog‘iston Respublikasi hududiga o‘tganligini hamda taqiq tufayli Rossiya Federatsiyasiga qayta kira olmasdan O‘zbekistonga qaytib kelganligini bildirgan. X.X. Rossiyaning Qozon shahrida qarovsiz qolib ketgan bolalarini O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.

O’rganildi

Mazkur holat Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Tashqi ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rganildi.

Davolanishga ehtiyoj mavjud emas

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida Rossiya Federatsiyasining Qozon shahridagi IIV organlari bilan aloqa o‘rnatilib, aniqlanishicha, voyaga yetmagan J.N. va N.U. lar Qozon shahridagi 41-sonli o‘rta maktabda ta’lim olganligi va maktab hududida otasi G.K. tomonidan o‘g‘liga nisbatan jismoniy kuch ishlatilganligi sababli, ular 18-sonli bolalar shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va davolanishga ehtiyoj mavjud emasligi aniqlangan.

Bolalarning qaytishiga ruxsat berildi

Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan Qozon shahri Vaxitov va Privoljsk tumani vasiylik organi bilan muzokaralar olib borilib, vasiylik organi ota-onasi Rossiyaga kirishga imkoniyati yo'qligini inobatga olgan holda bolalarni O'zbekistonga yuborishga ruxsat bergan.

Bolalar onasi bilan topishdi

Idoralarning izchil va o‘zaro tezkor choralari natijasida, IIV tomonidan 15-aprel kuni voyaga yetmagan N.U. va J.N. lar O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi va onasi qaramog‘iga topshirildi.

Yana 17 nafar bola qaytarildi

O‘zbekiston elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi, shuningdek, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yordamga muhtoj o‘zbekistonlik 17 nafar voyaga yetmaganlarni o‘z vataniga qaytarishda yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi

Chet elda qolib ketgan bolalar vataniga qanday qaytariladi?

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik muassasalari xorijda vasiylari hamrohligida bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari – bolalarni hisobga oladi va ularni qaytarish choralarini ko‘radi. Ushbu bolalarni qaytarish masalalari O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari asosida hal etiladi.