$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Ucell ko‘magida: IT sohasidagi xalqaro cho‘qqilar sari

olimpiada

Bugun, 16-iyul kuni Germaniyaning Bonn shahrida xotin-qizlar o‘rtasida informatika bo‘yicha Yevropa olimpiadasining (EGOI 2025) birinchi turi bo‘lib o‘tmoqda.

57 ta davlatdan 228 nafar ishtirokchi

O‘zbekistonlik o‘quvchi qizlar jamoasi xalqaro musobaqada, jumladan, mamlakatning eng yirik mobil operatori - yoshlar o‘rtasida ta’lim va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga faol hissa qo‘shayotgan Ucell kompaniyasi ko‘magida ishtirok etmoqda. O‘zbekistonlik qizlar Yevropa va Markaziy Osiyoning 57 ta davlatidan kelgan jami 228 nafar ishtirokchilar bilan birgalikda xalqaro darajadagi algoritmik masalalarni yechmoqda.

 5 soat uzliksiz kompyuter oldida

Ikki kun davomida ham ishtirokchilar besh soat uzluksiz kompyuterda ishlaydilar - bu jarayon maksimal diqqat-e’tibor va IOI-format qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab etadi. Ular binar qidiruv, ma'lumotlar strukturasi, kombinatorika, dinamik dasturlash, graflar nazariyasi va boshqa sohalarida chuqur bilim talab qiladigan to'rtta masalani hal qilishlari kerak.

Oysha Mirzatillayeva, Malika Xo‘jamuratova, Soliha Dagarova va Durdona Akramovalardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro maydonda munosib ishtirok etmoqda. Barcha ishtirokchilar uchun bu nafaqat bilimlarini ko‘rsatish imkoniyati, balki kasbiy o‘sish va IT sohasidagi qizlarning yangi avlodlari uchun ilhom manbayi bo‘lish yo‘lidagi muhim qadamdir.

 Ertangi dastur qanday?

Ertaga dasturga ko‘ra ekskursiya va dam olish kuni, 18-iyulda esa ikkinchi musobaqa kuni o‘tkaziladi, uning yakuniga ko‘ra g‘olibalar aniqlanadi.

Ishtirokchilarning natijalarini real vaqt rejimida rasmiy platformada kuzatish mumkin: scoreboard.egoi2025.de

Ucell bugungi kunda axborot texnologiyalari olamiga dadil qadam qo‘yayotgan qizlarni qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatning raqamli kelajagini rivojlantirishga hissa qo‘shishda davom etmoqda. 

Теги :
Jamiyat