$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Shoshilmang, sovuq kunlar hali tark etmadi

yomg

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, kelasi hafta kunlari joylarda havo harorati biroz pasayadi.

O‘zgidromet ma’lumoti

O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 13-14-mart kunlari joylarda havo harorati biroz pasayadi. Shunga qaramay, kelayotgan sovuqlik to‘lqini ekin-tekin yoki vegetatsiyaga kirib qolgan bog‘dorchilikni sovuq urishiga olib keladigan darajadagi jarayon bo‘lishi kutilmayapti. O‘zgidromet prognozlarida (http://hydromet.uz/uz/node/4552) 13-14-mart kunlari shimol va tog‘lardan tashqari joylarda havo harorati nol darajagacha pasayishi mumkinligi keltirilgan. Shimol hududlarida tunlari harorat -5 darajagacha sovuq, baland tog‘larda esa 14-mart kuni -10 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Ekspert munosabati

"Bu kuchli sovuq urishi emas. Chunki, shimolda yashil ko‘klam va daraxtlarda ommaviy vegetatsiya boshlanmadi. Ammo, boshqa hududlarda tuproqdagi haroratni biroz pasayish omilini e’tiborga olish va agrotexnik ishlarni shunga qarab tashkillashtirish talabi mavjud. Mana shunday paytda joylardagi qishloq xo‘jalik tarmoqlari O‘zgidrometning hududlaridagi bo‘linmalari bilan hamkorlikda ish tashkil etishi vaziyatni birmuncha yumshatadi", - deb yozadi Erkin Abduahatov.