$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Nega iqlim bunchalik tez o‘zgaradi?

Ko

Bor yog‘i bir kun oldin quyosh charaqlab turgan, odamlar qishki kiyimlarini olib qo‘yishni boshlagan, daraxtlar ham bahor kelganiga “ishonib” gullayotgan edi. Shunchaki oradan qanchadir soatlar o‘tdi va atrofni oppoq qor qopladi. Nega ob-havo bunchalik tez o‘zgarib ketadi, biz uni qanchalik oldindan taxmin qilishimiz mumkin?

Ob-havoning o‘zgarishiga nima sabab bo‘ladi?

Ob-havoning o‘zgarishi bu birinchi navbatda atmosferadagi harorat, havo bosimi va namlikning o‘zgarishi natijasidir, ushbu uchlikdan biri yuz bersa, bu havoning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, atmosfera bosimi yuqori bosimli tizimga o‘tganda, bu ochiq va quyoshli osmonga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, havo bosimi pasayib, doimiy past bosimli tizimga aylanganda, bu og‘ir bulut shakllanishiga va yog‘ingarchilikka olib kelishi mumkin.

Nega ob-havo bunchalik tez-tez o‘zgaradi?

Ob-havoning juda tez o‘zgarishining o‘nlab sabablari bor, ammo asosiy uchta sabab ko‘proq uchraydi:

1. Mo‘tadil iqlim zonasidagi joylashuv

Mo‘tadil iqlim zonasi issiq va sovuqning o‘rtasida joylashgan, bu degani hozir kuchli shamol bo‘lib, bir soatdan keyin havo harorati keskin ko‘tarilib ketishi mumkin.

2. Hududning sohilbo‘yida ekanligi

Suv havzalarida yaqinidagi ob-havo shamollarga bevosita bog‘liq bo‘ladi, quruqlik va suv turli paytlarda qiziydi va soviydi, bu esa haroratning keskin o‘zgarishiga olib keladi. Aynan shu sababli hudud suv havzalariga qanchalik yaqin joylashgan bo‘lsa, uning haroratini oldindan aytish shunchalik qiyinchilik tug‘diradi.

3.Mintaqaning tekis relyefi

Hududning relyefi qanchalik yuqori bo‘lsa, havo massalarini to‘sib qolgani kabi, u qanchalik tekis bo‘lsa kelayotgan havo massalariga shuncha ko‘p “eshiklarini ochadi”. Ob-havoning tez harakatlanishi natijasida bir necha soat va siz umuman boshqa “olam”ga tushib qolasiz, agarda iqlimi mo‘tadil bo‘lgan hududning relyefi ham tekis bo‘lsa, shamolning harakati sizning hayotingizni “belgilaydi”.

Ob-havoni oldindan qanchalik to‘g‘ri bashorat qilish mumkin?

Biz ertangi, indingi yoki bir haftadan keyin havo haroratini taxmin qilishimiz mumkin, ammo bu har doim o‘z tasdig‘ini topavermaydi. Kutilmagan voqealar bugun ham uchrab turadi, ammo bugungi texnologik imkoniyatlar eng maksimumga intilmoqda. Yana bir narsani aytib o‘tish kerak, ob-havo ma’lumotlari asosan katta shaharlarning markazlari bilan o‘lchanadi, shuning uchun bu ozgina uzoqroq hududda biroz noto‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin. Faqatgina biz 10 daqiqa oldin yuz foiz to‘g‘ri bo‘lgan haroratni taxmin qilishimiz mumkin, hozircha eng mukammal hisob shu.

Xulosa

Ob-havo dunyodagi eng tez o‘zgarib turadigan narsalardan biri, xuddi sizning “kayfiyatingiz” kabi. Bunga juda ko‘p omillar sabab bo‘lishi mumkin, bizga hammasi ham ma’lum emas. Biz faqatgina uning o‘zgarishini hech qachon oldindan aniq ayta olmasligimizni, meteorologlar qanchalik professional bo‘lmasin, oldindan aniq prognoz qila olmasliklarini bilamiz. Shunday ekan, agarda keyingi safar ob-havo aytilganidek aniq bo‘lmasa, meteorologlarga “tosh otmaysiz” degan umiddamiz.