$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

Havo soviy boshladi: qishning keyingi "qadam"lari qanday bo‘ladi?

qor gul

Bugun, 16-fevral kuni Qoraqalpog‘iston va Navoiy viloyati shimolida havo harorati 11–17 darajagacha sovidi.

“O‘zgidromet” kun davomida sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlarini qamrab olishini ma’lum qildi.

Harorat -5 darajagacha pasayishi mumkin

Prognozlarga qaraganda, 17–19- fevral kunlari Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida tunlari havo harorati minimumlari 0 darajadan -5 darajagacha pasayishi mumkin.

Yog‘ingarchiliklar

O‘rganishlar 16–19-fevral kunlari mamlakatning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishini ko‘rsatgan. 

Xususan, bugun Toshkent shahrida, shuningdek, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. 

17–18-fevral kunlari Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida qor yog‘adi.

"Sovuq urish" xavfi

Qish iliq kelishi ortidan O‘zbekistonda bodom, o‘rik, shaftolilar gullab yuborgan.

Havoning ilishi daraxtlarni qishki uyquga ketadigan paytda gullatib yuborsa, birdan sovuq bo‘lishi ortidan bevaqt “uyg‘onib”, gullab yuborgan daraxtlar hosilidan ayriladi. 

Qolaversa, ayrim sabzavotlarni ham sovuq urish xavfi saqlanib qolmoqda.

Ekinlarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiyalar

Vaziyatdan kelib chiqib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ekinlarni sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiya va maslahatlarini berdi. 

Xususun, daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish zarur. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi.

Daraxtlar yetarli darajada sug‘orilgan va ozuqa olgan bo‘lishi kerak

Shu bilan birga, sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada sug‘orilgan va ozuqa olgan bo‘lishi kerak.

“Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi. Bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi”, — deya ma’lum qilgan vazirlik.

Vaqtinchalik shamol to‘siqlari

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish ham tavsif etilgan. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizaklardan asrashga yordam berishi eslatilgan.


Ilova: Saytning ichki qismidagi kirill yozuviga asoslangan rukn va ma’lumotlar tez kunda yangilanadi.