$
 12975.09
8.09
 13373.43
21.31
 127.63
1.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Noyabrdan qish boshlanadimi?

xazon qor kuz qish

Sinoptiklar O‘zbekistonda noyabr oyi uchun ob-havo tahlilini tayyorladi. Oy o‘zgaruvchan ob-havo bilan boshlanadi: yomg‘ir va tungi ayozlar kutilmoqda.

Oktyabrga nisbatan 5-7 daraja past

Noyabr davomida tunda harorat +10 darajadan 0...+5 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Harorat o‘ta pasayib ketishi ehtimoli bor.

Noyabr — kuzning so‘nggi oyi bo‘lib, odatda haroratning keskin o‘zgarishlari bilan tavsiflanadi. O‘zgidrometning oylik ob-havo tahlilida aytilishicha, noyabrning o‘rtacha harorati oktyabrga nisbatan 5-7 daraja past bo‘ladi.

Hammasi yakshanbadan keyin boshlanadimi?

3-noyabrga kelib havo harorati kechasi +10...+12 darajagacha, kunduzi +23...+25 darajagacha ko‘tariladi.

Kelgusi haftadan boshlab shimoliy hududlarga nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda, bu keyingi kunlarda respublikaning barcha mintaqalariga ta’sir ko‘rsatadi.

Keyingi hafta yomg‘irli kunlar

4-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 5-7-noyabr kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li joylarda qorga aylanadi. 7 noyabrga kelib harorat kechasi +6...+9, kunduzi +12...+17 darajagacha pasayadi.

Keyinchalik oy davomida shimoliy hududlarda tunda harorat 0...+5 darajadan -5...-10 darajagacha, kunduzi +12...+17 darajadan 0...+5 darajagacha o‘zgarib turadi.

Minimum -3, maksimum +25

Janubiy hududlarda tunda harorat +5...+10 darajadan -3...+2 darajagacha, kunduzi +18...+23 darajadan +7...+12 darajagacha o‘zgaradi. Markaziy va sharqiy viloyatlarda tunda harorat +2...+7 darajadan -3...-8 darajagacha, kunduzi +15...+20 darajadan +3...+8 darajagacha o‘zgarib turadi.

Toshkentda 31-oktyabrdan 3-noyabrgacha yog‘ingarchilik ehtimoli past, harorat asta-sekin ko‘tarilib, 3 noyabrga borib kechasi +9...+11, kunduzi +23...+25 darajani tashkil etadi.