$
 11880.93
-14.64
 13794.95
-31.27
 153.28
0.3
weather
+26
Кечаси   +14°

Ongli avtomobillar: Endi mashinalar odamlardek fikrlay oladi

AI car

Nvidia haydovchisiz transport vositalarining xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiluvchi yangi sun’iy intellekt modeli — Alpamayo-R1’ni taqdim etdi.

Tizim imkoniyatlari qanday?

Yangi tizim yo‘l holatini bir vaqtning o‘zida matn va tasvirlar orqali tahlil qilib, avtomobillarga insonga xos fikrlash, vaziyatni kontekst bilan tushunish va oqilona qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi. Model Kaliforniyaning San-Diyego shahrida bo‘lib o‘tgan NeurIPS AI konferensiyasida ilk bor namoyish qilindi.

Yangi sun’iy ong haqida

Alpamayo-R1 — Nvidia tarixida avtonom boshqaruv uchun maxsus ishlab chiqilgan birinchi sun’iy intellekt modeli. U avvalgi Cosmos-Reason tizimi asosida yaratilib, oldindan tahlil qilish va qarorlarni prognozlash qobiliyati bilan ajralib turadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur model haydovchisiz avtomobillarga murakkab yo‘l sharoitlarini chuqur anglash, xavfni aniqlash va vaziyatga mos to‘g‘ri qarorlar chiqarishda katta yordam beradi.

SI modellarini ma’lumot bilan ta’minlash loyihasi

Nvidia shuningdek, Cosmos Cookbook nomli yangi metodik qo‘llanmaga ham start berdi. Unda sun’iy intellekt modellarini ma’lumot bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va testdan o‘tkazish bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar jamlangan. Alpamayo-R1 ham, ushbu qo‘llanma ham GitHub va Hugging Face’da ochiq tarzda taqdim etilgan.

Kompaniya rahbari Jensen Huangning aytishicha, fizik sun’iy intellekt — robototexnika va avtonom tizimlar rivojining asosiy yo‘nalishi bo‘lib, Nvidia kelajakda barcha robotlar uchun yagona “miya” yaratishni maqsad qilgan.

O‘zbekistonning Nvidia bilan hamkorligi

Noyabr oyining boshida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Nvidia rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston Nvidia bilan sun’iy intellekt hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha yirik hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan edi.

Hamkorlik doirasida umumiy quvvati 1 MV bo‘lgan ikki hisoblash klasteri xarid qilinishi belgilangan. Unga ko‘ra klasterlarning biri ta’lim va ilmiy tadqiqotlar uchun, ikkinchisi esa davlat boshqaruvi, tibbiyot, bank sohasi va sanoatdagi SI loyihalariga xizmat qiladi. Hujjatlarni rasmiylashtirish 2026-yilda yakunlanishi kutilmoqda.

SI o‘quv dasturi va superkampyuter infratuzilmasi

Shuningdek, Nvidia texnologiyalariga asoslangan 3 million dollarlik AI Center of Excellence markazi tashkil etiladi. Unda SI bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash, malaka oshirish va yangi o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston yetakchi oliygohlarda superkompyuter infratuzilmasini yaratish bo‘yicha Nvidia bilan hamkorlik qiladi. Uskuna xaridiga oid kelishuv yil yakuniga qadar imzolanishi rejalashtirilgan.

Теги :
Jamiyat