$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda oila qurish yoshi ko‘tarilmoqda

nikoh oila turmush

Yurtimizda ajrimlar koʻpaygani, nikohlar soni kamayib ketayotgani hech kimga sir emas. Biroq qoʻshni davlatlarga qaraganda bu koʻrsatkichlarning biroz yaxshi ekanligi odamni quvontiradi.

Masalan, MDH Davlatlararo statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekistonda har 1 000 kishiga nikohlar soni 8,4 tani, ajralishlar soni 1,4 tani tashkil etgan.

Shu bilan birga, 2010-yilga nisbatan (10,1) nikohlar kamaygan, ajralishlar (0,6) esa aksincha oshgan.

Keyingi oʻrinlarda

Moldavada har ming kishiga nikoh 7,2; ajrim 3,8 tani tashkil etib, ikkinchi oʻrinni egallagan.Qirgʻiziston uchinchi, Qozogʻiston esa toʻrtinchi oʻrinda.

Biroq natija yildan-yilga yomonlashmoqda

MDH davlatlari orasida koʻrsatkichlar quvonarli boʻlsada, oʻtgan yillarga qaraganda vaziyat yomonlashmoqda.

Yaʼni oʻzbekistonliklar kamroq oila qurmoqda, ajrimlar esa koʻpaygan. 

Masalan, 2023-yilda qayd etilgan nikohlar soni 283 808 dona boʻldi. Bu 2022-yilga nisbatan 12,9 mingtaga kam. 

Oʻtgan yili shaharlarga nisbatan qishloq joylarida koʻproq oilalar qurilgan. 2022-yilda shaharda koʻproq nikoh qayd etilgandi. 

Oila qurish oʻrtacha yoshi

Oila qurgan ayollarning oʻrtacha yoshi 22,2 yosh boʻlgan va 2022-yilga qaraganda kamaygan (-0,1 yosh). Erkaklarning oʻrtacha yoshi esa 27 yosh va 2022-yil bilan solishtirilganda oshgan (+0,5 yosh). 

Ajrimlar koʻpaygan

Yangi qurilgan oilalar soni kamayishi bilan birga, nikohdan ajrashishlar koʻpaydi. Agar 2022-yilda 48,3 mingta ajrim kuzatilgan boʻlsa, 2023-yilga kelib bu 49,2 mingtaga yetgan.