$
 11960.18
-46.21
 13761.38
-3.95
 150.42
-0.02
weather
+26
Кечаси   +14°

Netanyahu oilasiga og‘ir ayblovlar qo‘yildi: Sobiq xizmatchi jismoniy zo‘ravonlik va haqoratlar haqida gapirdi

netanyahu

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning rasmiy qarorgohida ishlagan sobiq xodim bosh vazir oilasiga nisbatan jiddiy ayblovlar bilan chiqdi. Shaxsini oshkor qilmagan va faqat “Y” harfi bilan tanishtirilgan sobiq xodimning iddaolariga ko‘ra, bosh vazirning rafiqasi Sara Netanyahu va o‘g‘li Yair Netanyahu uy xizmatchilariga nisbatan haqorat, kamsitish va hatto jismoniy zo‘ravonlik qilgan.

Sobiq xodim Sara Netanyahuni zo‘ravonlik va kamsitishda aybladi

Sobiq xodimning aytishicha, Sara Netanyahu xodimlarga nisbatan muntazam qo‘pol munosabatda bo‘lgan va ayrim hollarda jismoniy kuch ishlatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tozalash sifati yoqmagan paytlarda Sara uni uch marta itarib yuborgan. Shuningdek, u xorijlik ishchilar va sharqiy kelib chiqishga ega yahudiylarga nisbatan kamsituvchi munosabatda bo‘lgani aytilmoqda. Sobiq xodim og‘ir autizm bilan yashovchi o‘g‘li borligini aytganda esa, Sara Netanyahu uni haqorat qilgani va “aslida autizm sizning o‘zingizda” degan mazmunda gapirganini da’vo qilgan.

Xizmatchilar og‘ir sharoitda ishlagan

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, qarorgohdagi talablar odatiy mehnat sharoitidan ancha og‘ir bo‘lgan. U pollarni bolalar uchun mo‘ljallangan nam salfetkalar bilan artishga majbur qilinganini, gilam ustida yurishga ruxsat berilmaganini aytgan. Sara Netanyahuning qariyb 400 juft poyabzali bo‘lib, ularning barchasi alohida parvarish qilingan. Hatto yuvish vaqtida tasodifan singan piyola yoki stakan uchun ham xodimning o‘zi pul to‘lashi talab qilingan. Afrikalik yana bir xodim esa har safar binoga kirishda kiyimini almashtirishga majbur qilingani, hatto suv ichish uchun ham tanaffus berilmaganini bildirgan.

Ayblovlar Yair Netanyahuga ham tegishli

Sobiq xodim bosh vazirning o‘g‘li Yair Netanyahuni ham jismoniy zo‘ravonlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, Yair yuvilmagan choyshab sabab jahl qilib, uni itarib yuborgan. Bundan tashqari, qarorgoh xodimlari mehnat qonunchiligiga zid ravishda uzoq vaqt ishlashga majbur bo‘lgani aytilmoqda. Guvohning ma’lum qilishicha, u faqat oktyabr oyining o‘zida 169 soat, noyabr oyida esa 143 soat qo‘shimcha ishlagan. Yair Netanyahu bu ayblovlarni rad etib, ularni tovlamachilik maqsadidagi fitna deb atadi. Isroil bosh vaziri devoni ham barcha da’volarni asossiz deb baholadi.

Теги :
Jamiyat