$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

"Qora dayjest": 2024-yil 15-mart voqealari

negative-24-3-15

Diniy ekstremizmga aloqador shaxs ushlandi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida diniy ekstremistik faoliyatga aloqadorligi uchun O‘zbekiston hududida qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi K.Sh.T. qo‘lga olindi. Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan O‘sh viloyati hududida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, 1973 yilda tug‘ilgan K.Sh.T. qo‘lga olingan. Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida doimiy ro‘yxatda turgan ushbu shaxs diniy ekstremistik faoliyatga jalb qilinganligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilgani uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida qidiruvda bo‘lgan.

5 ta avtomobil ishtirokida YTH

Toshkentning Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida soat 19:40 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi.

“Lacetti”, 3 ta ‘Cobalt” va “Kinglong” rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida 3 nafar haydovchi jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan. Bu haqda xabar bergan IIV YHXBga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv olib bormoqda.

My.gov.uz 3 kunga bloklandi

21 – 24 mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ko‘chirish bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda portalning rasmiy kanalida e’lon qilindi. Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

3 ta sobiq xotinidan qochib yurgan er

Davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan, voyaga yetmagan farzandlari ta’minotidan bo‘yin tovlab, 3 nafar sobiq xotinidan qochib yurgan qarzdor fuqaro Toshkent shahridagi savdo markazida qo‘lga olindi. Qarzdorga doir barcha ma’lumotlar ichki ishlar organlariga taqdim etilgan edi. Yaqinda olingan ma’lumotlar ish berib, u Toshkent shahridagi savdo markazida yurgani ma’lum bo‘ldi. Kuzatuv kamerlari holatni aniqlashtirib, qarzdor hech qayerga qocha olmay, qo‘lga olindi.