$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 13-avgust voqealari

Qora dayjest 13-avgust

Bekobodda fojiali tarzda vafot etgan ayolning eriga hukm o‘qildi

Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga qamaldi. Oliy sud jinoyat ishi yuzasidan axborot berdi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining 2024 yil 13 avgustdagi hukmiga muvofiq D. X. (1989 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) Jinoyat kodeksining 103-moddasi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Voyaga yetmagan ikki mahbus katta yoshli mahbuslar bilan bir kamerada saqlanayotgani aniqlandi

Bolalar ombudsmani tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan monitoring davomida 2-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan 2 nafar voyaga yetmagan X.X. va R.T.lar sharoitlari ko‘zdan kechirildi va ular bilan alohida suhbatlashildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, monitoring davomida mazkur voyaga yetmaganlar katta yoshli mahbuslar bilan bir kamerada saqlanayotgani aniqlandi.

Bolalar ombudsmani monitoring doirasida aniqlagan ushbu qonun buzilishi yuzasidan yo‘llagan alohida so‘rovi asosida hibsxonadagi mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishda aniqlanishicha, tergov hibsxonasi maʼmuriyatining mutasaddi mansabdor shaxslari tomonidan prokuror roziligini olmasdan turib, voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslar bilan bir kamerada saqlangani uchun bu qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga qattiq hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi “samosud” qilindi

Toshkentdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi “samosud” qilingani haqida videolar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan ma'lumot berildi.

Bo‘stonliq tumani IIB tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, videodagi holat 5-avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Qizil suv” mahallasida joylashgan mehribonlik uyi oromgohida (Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan) tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar 16 yoshli tarbiyalanuvchi — S.X., D.I. va V.L. o‘zaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Chimyonda tobi qochgan yigit 3000 metr balandlikdan olib tushildi

Kecha, 12-avgust kuni soat 12:46 da Toshkent viloyati FVB Tezkor boshqaruv markazi 1050 qisqa raqamiga Bo‘stonliq tumani "Chimyon" MFY hududidagi "Katta chimyon" tog‘ida 1 nafar yigitga zudlik bilan yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Unga ko‘ra, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, tobi qochib qolgan yigitga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. 

So‘ng yigitni dengiz sathidan 3100 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.