$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 3-iyun voqealari

negative-24-6-3

Toshkentda ruhiy nosogʻlom erkak qoʻshni ayolni kaltakladi

Joriy yilning 1-iyun kuni tahminan soat 17:00 larda Yashnobod tumani, Ohangrabo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida, 1998-yilda tug‘ilgan A.A. qo‘shnisi 1986-yilda tug‘ilgan N.X. va uning voyaga yetmagan farzandlari bilan o‘zaro tortishib qolgan. So‘ng A.A. fuqaro N.X. ni sochidan sudrab kuch ishlatgan. Aniqlanishicha A.A ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turar ekan. Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Fuqaro A.A. ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.

Andijonda Damas va Nexia 3 ishtirokida YTH sodir boʻldi

2-iyun kuni Andijon tumanidan Oltinko‘l tumaniga qarab harakatlanib ketayotgan 26 yoshli X.J. o‘zining Nexia-3 rusumli transport vositasida qayrilib olish joyida qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli transport vositasini o‘tkazib yubormasdan keskin ortga qayrilib yuborgan. Ushbu YTH oqibatida Damas rusumli transport vositasidagi yo‘lovchi N.Z. tan jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Fargʻona viloyati “Qamishtepa” MFYda joylashgan spirtli ichimliklar savdo doʻkoni sotuvchisi Z.Yu. “Keklik” va “Rjanaya” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlandi. Ushbu doʻkondan 13 turdagi jami 398 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh qilindi

 Zomin tumanida “K.” hamda “S.N.” fermer xoʻjaliklari mas'ul shaxslari va boshqalar tegishli yer maydonlariga oʻrnatilgan transformator va elektron hisoblash uskunasiga tashqi ta'sir oʻtkazib, tijorat maqsadida jami 207,6 mln. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.