$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 29-may voqealari

Qora 29-may

AQSh chegarasida 3 mingga yaqin o'zbekistonlik ushlangan 

AQShning bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati janubiy chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 118 nafar Xitoy fuqarosini qo‘lga olganidan so‘ng mamlakatga aylanma yo‘llar orqali kirib kelishga urinishlarga doir ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.

Fox News’ning mamlakat Chegara-bojxona xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, o‘tgan yilning oktyabridan buyon Janubiy Kaliforniyadagi San-Diyego shahriga 57 mingdan ortiq noqonuniy muhojirlarning chegarani kesib o‘tishi kuzatilgan. Shundan 30 mingdan ortig‘ini xitoyliklar, 8,9 ming nafarini hindistonliklar, 7,8 ming nafarini turkiyaliklar, 5,6 ming nafarini gvineyaliklar, 4,4 ming nafarini mavritaniyaliklar, 3 ming nafarini vetnamliklar va 2,9 ming nafarini o‘zbekistonliklar tashkil qilgan.

Teplovoz avtobusni urib yubordi

Bugun Toshkentda Teplovoz yo‘lovchi tashuvchi avtobusni urib yuborgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu YTH yuzasidan Toshshahartrans AJ Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, bugun 29 may kuni soat 15:50 atrofida, "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi King Long rusumli 11-sonli yo‘nalish haydovchi I. A boshqaruvidagi avtobus Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga qarashli bo‘lgan, haydovchi A.J. boshqaruvidagi Teplovoz bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Ushbu YTH natijasida hech kimga tan jarohati yetmagan, avtobus texnik shikastlangan.

Qamoqxonada mahkum o'z joniga qasd qildi

Namanganda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum qamoqxonada o‘z joniga qasd qildi.

Joriy yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish departamenti tizimidagi Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 6-sonli qamoqxonada 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qilgan.

Toshkentda yirik YTH bo'ldi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

YTH 25-may kuni soat 23:55 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida Lacetti, Mercedes va Onix rusumli avtomashinalar ishtirokida yuz bergan. Bildirilishicha, YTHga Mercedes’ning qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilgani va yana bir mashina juda katta tezlikda kelgani sabab bo‘lgan.

Теги :
Жамият