$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 2-mart voqealari

3 2

Narxlar yana oshiriladi

O‘zbekistonda may oyigacha gaz va elektr narxi oshirilishi kutilmoqda. Ayni kunlarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillaridan iborat Ishchi guruhi buning ustida ishlayapti. Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda neft, gaz va elektr energetika sohasida tarif islohotlari amalga oshiriladi. Islohot doirasida 2024-yilning may oyiga qadar O‘zbekistonda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun tariflarni tannarxdan past bo‘lmagan darajaga oshirish loyihasi ishlab chiqiladi.

Benzinni qimmatga “qo‘lda” sotganlar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 14 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “AI-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 270 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan. 

 Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

“Havolaboz” firibgar qo‘lga olindi

Namanganda Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar pulini o‘zlashtirib kelgan 24 yoshli shaxs ushlandi. Farg‘ona shahrida yashovchi 26 yoshli J.A. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum shaxs tomonidan 11,5 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari firibgarlik yo‘li bilan yechib olinganini ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, B.J. internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan fuqarolarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ular hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

“Paynet” terminallarini “bo‘shatgan” shaxs

Andijonda talonchi Paynet terminallaridan 60 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.“S-A-F” MCHJga tegishli bo‘lgan Andijon tumani va Andijon shahar hududidagi bankomatlardan pul mablag‘i o‘g‘irlanganligi holati yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro D.Yu. va boshqalarga nisbatan JK ning 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.