$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 27-fevral voqealari

0 27

“Gentra” o‘g‘rilari qo‘lga tushdi

Joriy yilning 26-fevral kuni Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaroning “Gentra” rusumli avtomobilini yashash xonadoni oldidan olib qochgan shaxslar topildi.

Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni Asaka tumanida yashovchi 23 yoshli S.Q. va 31 yoshli Q.I.lar ikki nafar tanishlari bilan birga sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mebel sexdagi yong‘inda 5 kishi qutqarildi

Bugun, 27 fevral kuni Chilonzor tumani, "Bekto‘pi" MFY Diydor ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inga soat 00:17 da yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 01:29 da o‘rab olingan va soat 05:52 da to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘inni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etildi. Yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yong‘indan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bir oilaning 5 a’zosi is gazidan vafot etdi

25 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bir oilaning 6 a’zosi is gazidan zaharlandi. Shu kuni taxminan soat 10:30 da tumanning Duoba mahallasida yashagan J.X. (erkak, 1980 yilda tug‘ilgan) va uning farzandlari J.M. (o‘g‘il, 2013), Sh. M. (qiz, 2016), S.M. (qiz, 2018) uxlab yotgan vaqtida temirdan qo‘lbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan dimiqib, voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, Z.N. (ayol, 1986) va N.M. (qiz, 2008) esa Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 16 yoshli qiz 27 fevral kuni vafot etdi.

1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxonalar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi, DXXning Toshkent shahar boshqarmasi va “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar E.A., U.K. va boshqalar “Sharq haqiqati” MFY hududidagi 2 ta xonadonda tashkil etilgan issiqxonalarni hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘ri yo‘li bilan ulab, jami 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.