$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-fevral voqealari

2 25

 

 

Surxondaryodagi YTHda 4 kishi halok bo‘ldi

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024-yil 13-fevral kuni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida yuz bergan. 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro otasiga tegishli Neksiya-3 mashinasida tumanning Istara mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda harakatlanyotib yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Kamaz yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Neksiya-3 mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.h.” MCHJ do‘koni sotuvchisi X.D. 31 xil turdagi hech qanday hujjatsiz umumiy bahosi 103,0 mln so‘mlik jami 2 731 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Q.I. va S.S. qalbaki aksiz markali “Yangi-Shahrisabz”, “Ne vodka” va “Vodka Exclusive” nomli jami 696 dona alkogol mahsulotlarini fuqaro M.O.ga sotish maqsadida olib kelgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Odam o’limiga sabab bo‘lgan qoidabuzar

Jizzax viloyati hududidan o‘tgan yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, A-376 xalqaro avtomobil yo‘lining 284-kilometrida Cobalt va Nexia-3 mashinalar o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-3 haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

O‘tkazilgan surishtiruvda YTHga Cobalt haydovchisi sababchi bo‘lgani, u qoidalarni qo‘pol tarzda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqani va o‘z yo‘lidan kelayotgan Nexia-3ʼga urilgani aniqlangan.

O‘qituvchisini urgan o‘quvchi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida 10-sinf o‘quvchisi direktor o‘rinbosarini urib, ko‘zini chiqarib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Shahar hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, 2024 yil 19 fevrali kuni Shahrisabz shahar “Kamolot” MFYda yashovchi Sh.K. viloyat IIBga murojaat qilgan. Uning murojaati yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilganda quyidagilar aniqlangan. 2024 yil 19 fevral kuni soat 10:45 lar atrofida Shahrisabz shahar 1-sonli maktabda, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.K. dars vaqtida o‘quvchilar darsga kirmasdan qor o‘ynayotganda ularni sinfxonaga kirgizmoqchi bo‘lgan. Shu paytda 10 f-sinf o‘quvchisi J.B. Sh.K.ga qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Sh.K. o‘quvchini xonasiga olib kirib gaplashgan va J.B.ni urgan, shunda o‘quvchi ham direktor o‘rinbosarining yuz qismiga musht tushirgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda o‘quvchi va o‘qituvchi shifoxonaga yotqizilgan. Shahrisabz shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.