$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 20-fevral voqealari

2 20

Yakkasaroyda 2 ta elektrobus va kobalt ishtirokida YTH sodir bo’ldi

20 fevral kuni soat 09:30 larda Yakkasaroy tumani KXAY ko'chasi "NEWPORT" sotuv ofisi qarshisida 1997 yilda tug'ilgan D.S. boshqaruvida bo'lgan YUTONG rusumli elektro avtobusini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo'qotib, yo'lning qarama-qarshi bo'lagiga chiqib ketib, qarama-qarshi yo'nalishdan harakatlanib kelayotgan 1980 yilda tug'ilgan X.M boshqaruvida bo'lgan Cobalt rusumli avtoulovi bilan to'qnashib, so'ngra D.S. boshqaruvida bo'lgan YUTONG rusumli elektro avtobusi 1986 yilda tug'ilgan A.A. boshqaruvida bo'lgan YUTONG rusumli elektro avtobusi bilan to'qnashishi oqibatida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

YTH natijasida D.S. boshqaruvida bo'lgan YUTONG rusumli elektro avtobusinig 2004-yilda tug'ilgan yo'lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga murojaat qilgan.

“Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexida tom qulab tushdi

Bugun, 20-fevral kuni tahminan soat 08:00 larda Olmaliq shahridagi “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi natijasida texnogen vaziyat vujudga kelgan. Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida voqea joyida quruvchi kompaniyasining 32 nafar ishchilari (barchasi Hindiston fuqarolari) jabrlangan, ulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan.

Paxtachida 1,3 mlrdlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.Q.” MChJ rahbari R.X. korxonaning “Qirguli” mahallasidagi 1,5 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 1,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mirzaobodda “Ekskavator-pogruzchik” texnikasini qimmat narxda xarid qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas'ul shaxslari “Ekskavator-pogruzchik” texnikasini haqiqiy bahosidan 215,1 mln soʻmga qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.