$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 29-noyabr voqealari

Qora 29-noyabr

 Toshkent aeroportida aldov orqali 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi

Toshkent viloyati IIBB va DXX Ohangaron shahri xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir shaxs odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi, deb xabar bermoqda boshqarma axborot xizmati.

Ohangaron shahrida yashovchi H.T. ismli ayol (2002-yilda tug‘ilgan) oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan Z.O.ni (2004-yilda tug‘ilgan) aldab, ko‘p daromad topishga ishontirgan. U qizni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, uni Istanbulda Turkiya fuqarolari kutib olishi zarur bo‘lgan.

Xonanda Kanizani haqorat qilgan yana bir yigit jarimaga tortildi

Avvalroq, Kanizani haqorat qilgan Qashqadaryolik 20 yoshli talaba yigit jazolangani haqida xabar qilingan edi. Endilikda Buxorolik yigit ham san’atkorni haqoratlab, Instagram sahifasiga haqoratli izoh qoldirgan.

Holat yuzasidan sud ishi JIB Kogon va Yakkasaroy tumani sudida ko‘rib chiqildi.

Sud zalida san’atkor Kaniza uni haqorat qilgan insonlarning hech birini kechirmasligini, kechirgani sari ko‘payib ketayotganini ma’lum qildi.

U sudyadan 2 millionta obunachisining ichida uni bilib-bilmasdan haqorat qilganlarga qonuniy chora ko‘rishini so‘radi.

Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchi yigit MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan BHMning 20 baravari ya’ni 6 mln. 800 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Kredit olishga yordam berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bog‘ot tumani mas’ullar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki fuqaro tadbirkorning ishonchiga kirib, o‘zlarini go‘yoki bank xodimi sifatida tanishtirib, uning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishi hamda subsidiya asosida uy-joy olishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 10 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilishida yordam berishlari evaziga 110 000 AQSH dollari berishi kerakligini aytib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.M. (muqaddam sudlangan) va J.I. “D.Ph.” MCHJning ta’sischisi va rahbari N.I.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki bank muassasasida ishlovchi tanishlari yordamida 1 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Soliq qoʻmitasining elektron xizmatlari vaqtincha ishlamay qoladi

Oʻzbekistonda 30-noyabrdan 2-dekabrgacha elektron soliq xizmatlari faoliyati cheklanadi, deb xabar qildi Respublika Soliq qoʻmitasi.

Munis tizimi orqali soliqlarni to‘lash va deklaratsiyalarni topshirishda bo‘lim ma’lumotlar bazasi yangi serverlarga o‘tkazilishi munosabati bilan foydalanuvchilar uzilishlarga duch kelishi mumkin.

Shuningdek, shu kunlarda O‘zbekiston fuqarolari korxonalarni tugatish xizmatlari va boshqa xizmatlarning noto‘g‘ri ishlashiga duch kelishlari mumkin.

 

Buxoro shahrilik 18 yoshli M.I. o‘z xohishi bilan ancha vaqtdan buyon 26 yoshli,oilali bo‘lgan Kogon tumani fuqarosi R.S. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan.

18 yoshli “mash’uqa” oshig‘ini 5000 dollarga “tushirmoqchi” bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, M.I. fuqaro R.S. bilan o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ishqiy munosabat voqealarini yashirin ravishda videotasvirga olib kelgan. Avvaliga kichik miqdorda pul talab qilib kelgan M.I. keyinchalik uning mol-mulkini ham tovlamachilik yo‘li bilan talon-taroj qilishni ko‘zlagan. Video tasvirlarni R.S.ning yaqin qarindoshlari va oilasiga oshkor qilmasligi evaziga 5000 AQSh dollari berishini talab qilgan. Qo‘rqitgan va siquvga olgan.

Fuqaro R.S. holat yuzasidan ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan holat yuzasidan uyushtirilgan tezkor tadbirda M.I. 5000 AQSh dollarini R.S.dan olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Теги :
Jamiyat