$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Nodirbek Abdusattorov Ukrainaning NAVI kibersport jamoasiga qo‘shildi

Nodirbek Abdusattorov va NAVI

Ukrainaning Natus Vincere kibersport tashkiloti shaxmat boʻyicha boʻlinma tashkil etilganini eʼlon qildi. Bu haqdagi maʼlumot jamoaning rasmiy saytida eʼlon qilindi.

Tarkib

Tarkibdan uch nafar mashhur shaxmatchi — oʻzbekistonlik Nodirbek Abdusattorov, amerikalik Uesli So va ukrainalik Aleksandr Bortnik oʻrin olgan.

16-fevral kuni ular ikkita onlayn Chessable Masters chempionatining birinchisida klubni himoya qilishadi. Turnirning sovrin jamgʻarmasi 150 ming dollarni tashkil etadi. Ikkinchi turnir may oyi oʻrtalarida boʻlib oʻtadi.

Jamoa tuzishdan maqsad

CCT reytingining eng yaxshi 12 oʻyinchisi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan Esports World Cup festivali doirasida boʻlib oʻtadigan seriya finaliga taklif qilinadi. U yerda ishtirokchilar 1,5 million dollarlik bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.

Avvalroq oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 2024-yilda turnirlarda 132,9 ming dollardan ortiq daromad olgani maʼlum boʻlgandi. Oʻzbekiston vakili dunyoning eng koʻp maosh oluvchi 17 shaxmatchisi roʻyxatida 12-oʻrinni egalladi.

NAVI haqida

Natus Vincere (NAVI) — 2009-yilda tashkil etilgan Kiyev shahrida joylashgan ukrainalik professional kibersport tashkiloti. NAVI turli o‘yinlarda, jumladan, Counter-Strike 2, Dota 2, FIFA, Brawl Stars, World of Tanks, Paladins, PlayerUnknown's Battlegrounds, Clash of Clans, Apex Legends, Rainbow Six Siege, Mobile Legends: Bang Bang, Fortnite va VALORANT bo‘yicha jamoalarga ega.

Tashkilotning umumiy sovrin jamg‘armasi $23,612,515 dan oshadi.

NAVI yutuqlari

NAVIning muhim yutuqlari orasida 2011-yilda Dota 2 bo‘yicha The International turnirida g‘oliblik, 2021-yilda PGL Major Stockholm turnirida Counter-Strike: Global Offensive bo‘yicha chempionlik, 2024-yilda ESL Pro League 20-mavsumi g‘olibligi bor.

NAVI, shuningdek, 2010-yilda Counter-Strike bo‘yicha Intel Extreme Masters IV, ESWC 2010 va WCG 2010 kabi yirik turnirlarda ketma-ket g‘alaba qozonib, bir kalendar yilida barcha yirik musobaqalarni yutgan birinchi jamoa bo‘ldi.

Ushbu yutuqlar NAVIni dunyoning yetakchi kibersport tashkilotlaridan biriga aylantirdi.

NAVI shaxmat jamoasi tashkil qilish ortidan onlayn shaxmat bo‘yicha ham yutuqlarga erishmoqchi. 

Теги :
Jamiyat