$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi yilda bozorlarda narxlar nazorati qanday amalga oshirilmoqda?

bozor

Yangi yil arafasida bozorlar va savdo yarmarkalarida narxlarning oshishi kuzatilib, bu jarayon energokrizis ta’sirida kuchaygani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Energokrizis va “bodring indeksi”

Energokrizis oqibatida narxlarning oshishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida yaqqol sezilmoqda, deb yozmoqda iqtisodchi Otabek Bakirov. Xususan, gaz ta’minoti uzilgan issiqxonalarda yetishtiriladigan bodring narxi bir hafta ichida ulgurji bozorda 24 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu holat shartli ravishda “bodring indeksi” sifatida talqin qilinmoqda.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

23-dekabr holatiga ko‘ra, bir hafta davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida quyidagi narx o‘zgarishlari kuzatilgan:

• Sabzi: 2,5 ming so‘mdan 3 ming so‘mga (+20%);

• Lavlagi: 2,7 ming so‘mdan 3 ming so‘mga (+11%);

• Sarimsoq: 30 ming so‘mdan 32 ming so‘mga (+7%);

• Pomidor: 19 ming so‘mdan 20 ming so‘mga (+5%);

• Qovun: 35 ming so‘mdan 40 ming so‘mga (+14%);

• Manderin: 25 ming so‘mdan 30 ming so‘mga (+20%).

Narxlar va monitoring

Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi tomonidan Navoiyning “Xatirchi dehqon bozori”da tashkil etilgan yarmarkalardagi narxlar tahlil qilindi. Ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning narxlari quyidagicha belgilangan:

• Mahalliy un: 3 900 – 4 400 so‘m;

• Mol go‘shti: 65 000 – 85 000 so‘m;

• Tuxum: 1 100 – 1 300 so‘m;

• Shakar: 13 000 – 14 000 so‘m;

• Kartoshka: 4 000 – 6 000 so‘m;

• Piyoz: 2 000 – 3 000 so‘m.

Narxlar oshishiga qarshi choralar

Avvalroq xabar berganimizdek, Raqobat qoʻmitasi yirik savdo tarmoqlaridan bayram oldi narxlarni oshirmaslikni soʻragan, poytaxtdagi 8 ta yirik savdo tarmog‘iga narx o‘zgarishlari va ularning sabablarini muntazam xabardor qilish majburiyati yuklatilgan edi. Bu bozor narxlarini nazorat qilish, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda ortiqcha narx ko‘tarilishini oldini olishga qaratilgan.