$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Harbiylarning turmush oʻrtogʻiga pensiyaga chiqishda imtiyozlar bormi?

qurolli kuchlar

"Turmush oʻrtogʻim chegara qoʻshinlarida harbiy xizmatchi. Ular bilan yashagan hududda ishlash imkoniyatim boʻlmadi. Kelajakda pensiyaga chiqish vaqtimda menga qanday imtiyoz beriladi?" Yuqpridagi kabi savollarga tez-tez duch kelamiz. Qonunchilikda harbiylar, ularning farzandlariga bir qancha imtiyozlar belgilangan. Xoʻsh, ularning turmush oʻrtogʻigachi?

Pensiya jamgʻarmasi javob berdi

Pensiya jamgʻarmasi bu kabi savolga quyidagicha javob berdi:

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-moddasiga muvofiq, ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslar, proporshiklar, michmanlar va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilari oʻz xizmat faoliyatlari davomida:

- turmush oʻrtoqlari bilan birga yashayotgan, lekin turmush oʻrtoqlari uchun xizmat qilinayotgan hududda ishlash imkoniyati boʻlmaslik holatlari mavjud.

Mana shunday holatlardan kelib chiqib, yuqorida qayd etilgan harbiy xizmatchilar turmush oʻrtoqlarining erlari bilan yashagan vaqtlari pensiyaga chiqishlarida mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi.

Shuningdek, qonunga muvofiq, ushbu davr 10-yildan oshmasligi belgilangan.