$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

210 milliardlik sobiq MXX binosiga qancha sarflanmoqda?

mxx binosi

"Broadway"dagi qurilishi rejalashtirilgan mehmonxona Markaziy Osiyoda birinchisi bo‘ladi. Xo‘sh, bunday deyilishiga sabab nima?

100 million dollarli investitsiya

“O‘zbekistonning 2024-yilning birinchi choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida qayd etilishicha, "Metropol Group" kompaniyasi rahbari Doniyor Komilov Toshkentdagi sobiq O'zbekiston milliy xavfsizlik xizmati binosi o'rnida qurilishi rejalashtirilgan Radisson mehmonxona majmuasi loyihasi uchun 100 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. U 2021-yil iyun oyida Toshkentdagi Sayilgoh ko‘chasida joylashgan sobiq MXX binosini 210 milliard so‘mga xususiylashtirgan edi.

Premium toifali mehmonxona shartnomasi

2023-yilning mart oyida “Radisson Hotel Group” kompaniyasi “Metropol Group” bilan hamkorlikda premium toifali “Radisson Collection Hotel Tashkent” mehmonxonasini ochish bo‘yicha shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi. Loyiha Markaziy Osiyodagi birinchi “Radisson Collection” mehmonxonasi bo'lib, 2026-yilda ochilishi rejalashtirilgan. “Bir xil memoriy uslubda qurilgan” to‘rtta binoni o‘z ichiga oladigan mehmonxona taxminan 130 ming kvadrat metr maydonga ega bo’ladi. U yerda jamoat joylari, savdo maydonchalari, kinoteatr, ofislar, kvartiralar, ko'p qavatli yer osti avtoturargohi, konferensiya va yig'ilish zallari joylashadi.

Mehmonxona strukturasi

Majmuaning asosiy va eng baland binosida Radisson Collection Hotel Tashkent mehmonxonasi joylashadi. Klassik uslubda qurilgan 27 ming kvadrat metrdan ortiq maydonga ega bo’lgan ushbu bino 22 qavatni tashkil qiladi. Mehmonxonaning prezident toifali lyuks va 164 ta oddiy xonalari bo’ladi. Investitsiya dasturida Metropol Group 2021-yil fevral oyida Toshkentda Rossiyadan kelgan hamkor kompaniya sifatida ro'yxatdan o'tgan. Obyektning sig'imi 860 o'rinni tashkil etadi. Joriy yilning birinchi choragida 9,8 million dollar o’zlashtirish rejalashtirilgan.

1950-yildan beri xizmat qilgan bino

Ma’lumot uchun, 1950-yillarda qurilgan sobiq MXX binosi (ilgari KGB) 2023-yil iyul oyida buzib boshlangandi. Dastlab bu yer ichki ishlar vazirligining Markaziy shahar poliklinikasi, keyin O'zbekiston SSR Davlat xavfsizlik qo’mitasi, so’ng Milliy xavfsizlik xizmatiga tegishli bo’lgan. 2018-yilda bino MXX davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirildi va yangi joyga ko'chib o'tdi.

Esingizda bo'lsa, 2021-yil 17-iyulda MXX binosi O'zbekiston moddiy-madaniy merosining ko'chmas mulk milliy obyektlari ro'yhatidan chiqarib, o'sha kuniyoq xususiylashtirilgandi