$
 11940.95
38.65
 13814.49
34.01
 152.68
0.5
weather
+26
Кечаси   +14°

Kutilmagan burilish: Terma jamoaga “sig‘magan” murabbiyning manzili aniq bo‘ldi

murabbiy

Bugun Namangan viloyatining “Navbahor” klubi rasmiy ravishda Timur Kapadzeni bosh murabbiy etib tayinlaganini e’lon qildi. Bu yangilik klub ishqibozlari bilan bir qatorda butun futbol jamoatchiligida katta rezonans uyg‘otdi.

So‘nggi haftalarda Kapadzening Indoneziya va Xitoy kabi terma jamoalari hamda O‘zbekistonning ko‘plab grand jamoalariga murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalgandi. Ammo bugungi yangilik bu gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi — Kapadze endi rasmiy ravishda “Navbahor”ni boshqaradi. 

Kapadze klub rahbariyati bilan uchrashib, jamoaning kelajakdagi rejasi va maqsadlari bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Muzokaralar ijobiy yakunlanib, rasmiy shartnoma imzolandi. “Navbahor” rahbariyati Kapadzening tajribasi, zamonaviy futbolga bo‘lgan yondashuvi va professionalligi klubga yangi bosqich olib kelishiga ishonmoqda.

Timur Kapadze kim?

Ma’lumot uchun, Timur Kapadze 1981-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, o‘z futbolchilik faoliyatini 1998-yilda “Neftchi”da boshlagan. Keyinchalik “Paxtakor”, “Bunyodkor”, Janubiy Koreyaning “Incheon United” va Qozog‘istonning “Aktobe” klublarida to‘p surgan. U faoliyati davomida 3 marta O‘zbekiston chempioni, 2 marta O‘zbekiston kubogi, 1 marta Qizig‘iston chempioni bo‘lgan. Kapadze 2002–2015 yillarda O‘zbekiston milliy jamoasida 119 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan. 

Murabbiylik yo‘li

Kapadze futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik qila boshlagan. U 2018-yilda milliy terma jamoani vaqtincha boshqargan. 2019-yilda esa U-20 terma jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. 2024-yilda Kapadze boshchiligidagi U-23 terma jamosi o‘z tarixida birinchi marta Olimpiadaga chiqqan. 2025-yil boshida uning qo‘l ostida milliy terma jamoa birinchi marta jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 6-oktyabr kuni terma jamoaga italiyalik Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlangach, Kapadze shtabni tark etgan.

Теги :
Jamiyat