$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Ularda bori — biz uchun hamon orzu: Shimoliy Koreya — O‘zbekiston (prevyu)

Shimoliy Koreya

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi "JCH-2026" saralashi 6-turi doirasida Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Sobiq murabbiyimiz Ektor Kuperning O‘zbekiston taslim etolmagan Suriya terma jamoasini mag‘lub etib, 2 bosqichda qoldirib ketgan koreyslarning siri nimada?

O‘zaro o‘yinlar tarixi

Shu kunga qadar, ikki mamlakat vakillari o‘zaro 10 marotaba to‘qnash kelishgan bo‘lib, ularning 8 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan bo‘lsa, raqibimiz bor-yo‘g‘i bir marotaba bizni yenggan va bir uchrashuvda durang qayd etilgan. Terma jamoamiz raqib darvozasiga 19 ta gol kiritgan va 5 ta gol o‘tkazib yuborgan. Eng yirik hisobdagi g‘alaba - 4:0, 1998 va 2019-yillari qayd etilgan. 1998-yilda Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida milliy terma jamoamiz KXDRga qarshi ilk uchrashuvini o‘tkazgan. Ikki terma jamoa uchun ham musobaqadagi debyut uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozongan, terma jamoamiz safidagi gollarga esa Nikolay Shirshov(dubl), Andey Akopyans va Igor Shkvirinlar mualliflik qilgan.

KXDRning 2024-yildagi “katta” natijalari

Yaponiya — KXDR 1-0 (JCH saralashi)

KXDR — Suriya 1-0 (JCH saralashi)

Iordaniya — KXDR 0-0 (o‘rtoqlik)

KXDR — Qatar 2-2 (JCH saralashi)

BAA — KXDR 1-1 (JCH saralashi)

KXDR termasining eng qimmat futbolchilari

1. Byong-jun An (Suvon FK) - 500 ming yevro

2. Kuk-chol Jang (Hvayebul SK) - 450 ming yevro

3. Kuk-bom Kim (Ryomyong) - 425 ming yevro

4. Il-gvan Jong (Ryomyong) - 400 ming yevro

5. Pom-hyok Kim (Ryomyong) - 400 ming yevro

Stadion muammosi

JCH-2026 saralashi 3-bosqich o‘yinlari boshlanmasidan avval O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi Shimoliy Koreyaga qarshi safardagi o‘yini qaysi maydonda o‘tishi ma’lum emas edi. Shimoliy Koreya Jahon Chempionatining ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi uy o‘yinlarini Laos mamlakatida, Yaponiyaga qarshi uy o‘yinini esa umuman o‘tkazmagandi. Avgust oyi oxirida mezbon KXDR uchrashuvni Tailandda o‘tkazish varianti haqida o‘ylayotgandi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi esa bahs Saudiya Arabistonida o‘tkazilishini xohlagan. 

Suriyani guruhda qoldirgan jamoaning siri nimada?

Shimoliy Koreyaning qanday qilib uchinchi bosqichga yetib kelgani haqida fikr yuritar ekanmiz, bu jamoa reytingda birmuncha yuqori o‘rinda bo‘lgani sabab ikkinchi bosqichdan kurashga qo‘shiladi va qur’a paytida Yaponiya, Suriya va Myanma bilan bir guruhda joy oladi. Guruhdagi barcha 6 ta uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlagan Yaponiya terma jamoasi 18 ochko to‘plab keyingi bosqichga chiqqan bo‘lsa, KXDR 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va Suriyani ortda qoldirgan holda uchinchi bosqichga yetib keldi. E’tibor berib qarasak, KXDR 9 ochkoni ikki bor Myanma va bir marta Suriyani mag‘lub etgan holda qo‘lga kiritgan. Nega Suriya chiqa olmadi? Chunki ular uyda KXDR va Myanmani yutgani bilan safarda aynan Myanmaga qarshi 1:1 hisobini qayd etdi. Mana shu durang Suriyani guruhda qolishiga sabab bo‘ldi. Yana bir ma’lumot shuki, KXDR oxirgi 2 ta uy uchrashuvini o‘z maydonida emas, balki Laos poytaxti Ventyanda o‘tkazdi. Bu yerda "Yangi Laos Milliy Stadioni" bor bo‘lib, o‘z bag‘riga 25 ming tomoshabinni sig‘dira oladi. Ushbu maydonga alohida urg‘u berilayotganing sababi, zakiy muxlislar raqiblarimizning ilk o‘yinda uzoq hududlarga turli uzatmalarini eslashsa kerak. Bugungi o‘yinni qabul qiladigan maydon ko‘p ehtimol shunday uzatmalarga rag‘bat beradi. Sababi, maydon holati unchalik qoniqarli emas. Bu o‘z-o‘zidan raqibga o‘yinda ustuvorlik bersa, ajab emas.

Ularda bori — bizga orzu

Futboldagi Shimoliy Koreya deganda bugungi Y avlod xayolida kuchsiz va o‘yinlari har doim ham translyatsiya qilinmaydigan bir terma jamoa shakllansa, ajab emas. Haqiqatan ham bugungi KXDR mana shunday ahvolga tushib qolgan. Biroq bu terma jamoa boy tarixga ega. Ular bizning qorako‘zlar orzu qilib kelayotgan JCH final bosqichida ikki bor ishtirok etib ulgurgan. Bu natijaning dastlabkisi 1966-yilga borib taqaladi. O‘shanda shimolliklar Osiyo-Okeaniya o‘tish o‘yinida Avstraliya bilan bellashib, 6:1 hamda 3:1 hisobida zafar quchgan holda Osiyodan JCHning yagona ishtirokchisiga aylangandi. Ikkinchi ishtirok esa 2010-yil JARda o‘tkazilgan mundialga to‘g‘ri keladi. Bunda Shimoliy Koreya hal qiluvchi bosqichda Janubiy Koreyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab JCH yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Теги :
Jamiyat