$
 12591.71
-84.4
 14821.70
-153.86
 160.18
-1.38
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Asosiy aybdor chetda qolib, hakam gardaniga tushgan mag‘lubiyat: Qatar — O‘zbekiston o‘yinidan keyingi mushohadalar

UFA

Kecha JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 5-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Qatar bilan o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchradi. Qiziqarlisi, uchrashuv yakunlangach, ijtimoiy tarmoqdagi yirik yumoristik sahifalar har doimgidek o‘yinni go‘yoki Qatar terma jamoasi sotib olgan misol o‘yin taqdirini hakam hal qilganiga ishora qildi. Muhlislar ham o‘z-o‘zidan xuddi shu fikr atrofida to‘planishdi. Bu masala fonida o‘yindagi mag‘lubiyatning asosiy sababchisi, O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi Srechko Katanetsning xatoliklari yopilib ketdi. 

O‘yin tafsiloti 

Vakillarimiz uchun birinchi bo‘lim juda omadsiz yakunlandi. Eldor Shomurodov 21-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etgach, zaxiradan o‘yingacha betob bo‘lgan Jaloliddin Masharipov tushdi. Ammo bo‘lim yakuniga qadar vaziyat yanada yomonlashdi. 26 va 41-daqiqada Afifning uzatmalaridan keyin Ali Almoez dublga erishib, jamoasini tanaffusga ikkita to‘p farqidagi ustunlik bilan olib chiqdi – 2:0. Murabbiyimizning ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlari 75-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Hujumkorlikni oshirgan vakillarimiz Abbosbek Fayzullayevning bosh bilan yo‘llagan zarba bilan hisobni qisqartirgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib, yana 21 yoshli yarimhimoyachining o‘zi katta sahnaga chiqib, Masharipovning uzatmasini golga aylantirdi – 2:2. So‘nggi daqiqalarda natijani saqlab qolish uchun yarimhimoyachi Azizbek Turg‘unboyev o‘rniga himoyachi Rustam Ashurmatovning maydonga tushirilishi o‘zini oqlamadi. 90+12-daqiqada qatarliklar Mendesning goli evaziga g‘alabani ilib ketishdi – 3:2.

Birinchi bo‘lim haqida

Bbirinchi bshlim yakunlangach, taniili jurnalist Qahramon Aslanov o‘z blogida murabbiyning qarorlari bilan bog‘liq fikrlarini ma’lum qildi. Unda quyidagicha bayon qilinadi: "Futbolda reja juda muhim. Bir muddat, hatto bir oy bir o‘yinga tayyorlanasiz, ma’lum kartinada o‘yinni samarali deb bilib, ijroda amalga oshishiga umid qilasiz. Yaxshi murabbiy o‘zi ishonib, tayyorlangan rejasidan osonlikcha voz kechmasligi kerak. Chunki shu asosda hammasini ishlab chiqqan bo‘ladi. To‘g‘rimi? Endi qarang, Eldor Shomurodov jarohat olib maydonni tark etdi. Nima qilish kerak? Masalan, Abduholiqov bilan o‘sha rejani to bu ishlamasligiga amin bo‘lguncha davom etish eng mantiqli. Ammo Shomurodov o‘rniga Masharipov tushadi. Bu oldingi chiziqda barchasi o‘zgaradi, deganidir. Biroz murakkab struktura. Xo‘sh, Katanes osonlik bilan o‘yinga qurgan rejasidan voz kechishga nima majbur qildi? Ha, uning jamoasida u ishonganlar juda kam. Sababni avvalroqdan izlash kerak. Katanes deyarli boshqalarga imkon bermagani o‘zini qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. O‘z rejasi pand yeyapti. Chunki u Masharipovga ishonadi. Abduholiqovga ishonmaydi. Abduholiqov ham o‘ziga ishonmaydi shuning uchun. Sheriklari ham Abduholiqovga ishonishmaydi shuning uchun. Esiz."

Birinchi taym tasodif emas

"Saralash boshidan beri aytib kelyapmiz, bu odam jamoani orqaga tortyapti! Srechkoni himoya qilayotganlar asos sifatida ko‘rsatgan g‘alabalarning hammasi omad yoki indvidual mahorat evaziga qo‘lga kiritilayotgan edi. Ming afsuski, omad degan matoh har doim ham kelavermaydi. Shuning uchun 2-taymda yana qaysidir futbolchi katta sahnaga chiqishi kerak. Shuning uchun Srechkonni qaysidir qorako‘zimiz yana qutqarishi kerak. Shundan umid qilamiz. Boshqa yo‘l yo‘q", — deb yozadi yana bir futbol ichidagi sobiq juranlist.

Hakam rostdan ham aybdormi?

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko‘plab muhlislar o‘yindagi mag‘lubiyatni hakamning ikkinchi bo‘lim yakunidagi qarorlari sabab sodir bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Dunyoning yirik yumorga oid sahifalari tarqatgan fotomemlar esa alamini nimadan olishni bilmayotgan muhlislar uchun ayni muddao bo‘ldi. Aslidachi, aslida vaziyat qanday tus olgandi. Bu haqda ham Aslanov o‘z blogida fikr bildiradi. "Turli ijtimoiy tarmoqlarda, golning 102-daqiqada bo‘lganidan, "O‘yin Qatar gol urguncha davom etadi" ma’nosidagi memlar aylanib yuribdi, o‘zimiznikilar ham ulashyapti. To‘g‘risi, shu kontekst yoqmayapti. Xuddiki, hisob 2:2, Qatar bor kuchi bilan gol urishga urinayotgan, biz to‘liq himoyalanayotgan, hakam esa gol urguncha qo‘yib bergandek xulosa tug‘iladi. Bu go‘yoki Qatar g‘alaba uchun o‘ynayotgan favorit, biz hisobni qo‘riqlayotgan autsayder, deb tushunadi bilmagan. Aslida o‘sha 12 daqiqada ham teng o‘yin bo‘ldi, ikki tomondayam vaziyatlar bor edi, hatto Abbosni yiqitishmaganda, yutib ham ketardik balki".

"Erinmasdan hisoblab chiqdim: 90-daqiqadan keyin toki Qatar gol urgungacha bo‘lgan 12 daqiqa ichida salkam 4 daqiqaga yaqin o‘yin bo‘libdi xolos. Hakam aslida 6 daqiqa qo‘shgandi.Qizil kartochkani VAR uzoq tekshirgani, Husniddin Aliqulov hamda Qatarning ikki futbolchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgani evaziga vaqt rosa cho‘zilgan. Demak, hakamga ko‘p ham e’tiroz qilmaslik kerak. U to‘g‘ri qaror qildi. Menimcha, qizil kartochka ham yo‘q edi. Abbosbek yaqqol yolg‘iz emasdi", — deb yozadi yana bir bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.


Теги :
Jamiyat