$
 12715.07
28.36
 14041.25
36.39
 139.71
0.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Maymunchechak mutatsiyaga uchrashi mumkin

New mpox

Maymunchechak virusi kasallanishlar soni ortib borishi tufayli mutatsiyaga uchrashi mumkin. Infeksiya havo tomchilari orqali yuqishi ehtimoli bor, deydi epidemiolog. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Kasallik ortgani sayin, mutatsiya xavfi ko‘payaveradi

Virusologga ko‘ra, “Odamlar qanchalik ko‘p kasal bo‘lsa, irsiy sakrash shunchalik tez sodir bo‘lishi mumkin. Odamlar kasal bo‘lib, infeksiyani bir-biriga g‘ayritabiiy tarzda yuqtirishni boshladi, ammo hech kim uning chechak kabi, havo tomchilari orqali klassik tarzda yuqishini istisno qilmaydi”.

Novosibirskdagi kolleksiya

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar rus chechak virusi kolleksiyasi Novosibirskda saqlanadi, u yo‘q qilinmagan. Mutaxassis maymunchechak tarqalishiga samarali qarshi turish uchun tegishli profilaktika choralarini qo‘llash, chechak va maymunchechakni keltirib chiqaruvchi virusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Tabiatan viruslar mutatsiyaga moyil

Umuman olganda, tabiatan hamma viruslar mutatsiyaga moyil bo‘lib, yangi sharoitlarga moslashish uchun doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Maymunchechak virusi ham bundan istisno emas. Hozirda Mpox virusining ikki asosiy shtammi tarqayapti: Clade I (Kongoda tarqalgan) va Clade II (G‘arbiy Africada aniqlandi). Clade 1 shtammi o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan tur hisoblanadi, Clade 2 ning esa xavflilik darajasi pastroq.

Yaqinda Clade 2 ichida Clade 1b nomli yangi variant aniqlandi, bu variant ham G‘arbiy Afrika bilan bog‘liq, lekin u pandemiya sharoitida qayta mutatsiyaga uchragan bo‘lishi mumkin. Mutatsiyalar virusning yuqish tezligi va xavfini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin.

Maymun chechagi haqida

Ma’lumot uchun, maymunchechak kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, isitma, intoksikatsiya, shishgan limfa tugunlari va yaraga aylanib ketadigan toshma alomatlari bilan ma’lum. Virus kemiruvchilar va primatlar kabi yovvoyi hayvonlardan, shuningdek, odamdan-odamga ham yuqishi mumkin. Yengil holatlarda kasallik 2-3 hafta ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.