$
 12962.98
14.88
 13377.80
-124.48
 123.68
2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Kosmik monitoring: O‘zbekistonda 96 ming 312 ta o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlar mavjud

Kosmik monitoring

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tomonidan 2024-yilda yer munosabatlari, kadastr yo‘nalishida butun respublika kesimida o‘tkazilgan kosmik monitoring natijalariga ko‘ra 96 ming 312 ta qariyb 9 ming 200 gektar ehtimoli yuqori bo‘lgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlar mavjudligi aniqlangan.

Geologiya sohasida 2 ming 426 ta noqonuniy yerlar qazib olingan

Ma’lum bo‘lishicha, geologiya yo‘nalishida ham 2024-yil davomida kosmik suratlarni qayta ishlash orqali respublika bo‘yicha 2 543 gektar maydonda 2 ming 426 ta noqonuniy yerlar, qazib olish ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Shundan 1 ming 433 tasi ya’ni 1 442 gektari ruxsatnomasiz qazish holatlariga, 390 tasi 440,5 gektari chegara buzilishi hamda shartnoma asosida berilgan loyiha konturidan chetga chiqish holatlariga va 603 tasi 660,3 gektari daryo muhofaza zonalarida noqonuniy qazish holatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Xuddi shunday, ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha 12 ta hududning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud ekanligi aniqlandi. Ulardan 123 tasi ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 465,3 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etildi. 

8 ta viloyatda 56 ming 521 gektar foydalanilmay yotgan ekin maydonlari mavjud

2024-yilda Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo kesimida olib borilgan kosmik monitoringga ko‘ra 967 ming gektar bug‘doy hamda 597 ming gektar paxta unib chiqqan maydonlar qayd etildi.

Bugungi kunda 8 ta viloyat kesimida yanvar-oktyabr oylari davomida 56 ming 521 gektar foydalanilmay yotgan ekin maydonlari mavjud. Qolaversa, monitoring davomida 8 ta viloyat kesimida jami 86 ming 107 gektar zaxira yerlaridan foydalanish bilan bog‘liq 27 ming 266 ta holat ham aniqlandi.

O‘rmon xo‘jaligi sohasida olib borilgan kosmik monitoring tahlillari quyidagicha natijalarni keltirdi. Xususan, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryoda jami 671 ming 860 gektar daraxt qoplami hamda viloyatlarning o‘rmon xo‘jaligi yerlarida 391 ming qariyb 192 gektar o‘rmon qoplami mavjudligi aniqlandi.

Suv xo‘jaligi sohasida esa 2024-yilda 35 ta suv ombori kesimida suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borish dinamikasi va suv sathi rejimini monitoring qilish hamda suvni muhofaza qilish zonalarida noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash ishlari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, 35 ta suv ombori kesimida kosmik monitoring o‘tkazilib, ularing muhofaza zonalarida jami 122 ta 6,76 gektar ehtimoli yuqori bo‘lgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino inshootlar aniqlandi.

“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan 2024-yil davomida ekologiya, geologiya, qishloq xo‘jaligi, yer munosabatlari, suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi kabi sohalar bo‘yicha olib borilgan Davlat kosmik monitoring natijasida Davlat byudjetiga salkam 765 mlrd. so‘m foyda kelishi reja qilinmoqda.

O‘tgan yilda korxona samoviy jismlarni tadqiq qiluvchi xalqaro shartnomaga a’zo bo‘lgan

Shuningdek, korxona AQSH, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi tomonidan 1967-yil 27-yanvarda imzolangan kosmik fazo, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga O‘zbekiston 115chi davlat sifatida qo‘shildi. Shu bilan birga 2024-yilda prezident tashabbusi bilan “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan joriy etilgan Davlat kosmik monitoringi tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qiluvchi “2024 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi maxsus farmon ham imzolandi.

O‘tgan yilda shuningdek “O‘zbekkosmos” agentligi ilk bora O‘zbekistonda “Butunjahon kosmos haftaligi”gini o‘tkazdi. Uning doirasida ko‘plab yirik loyihalar, xususan, “Tashkent city mall” savdo – ko‘ngilochar markazida kosmos tarixiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma, bolajonlar uchun majmuadagi “Sky Park” tomonidan turli interaktiv shou o‘yinlar, tanlov va viktorinalar tashkil qilindi.

Теги :
Jamiyat