$
 11889.95
-44.66
 13717.44
-70.61
 143.93
-0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

MKBANK endi dunyoning uchta yirik reyting agentligi ro‘yxatida

MKBank

S&P Global Ratings MKBANK’ka “BB-” darajasidagi uzoq muddatli va “B” qisqa muddatli kredit reytinglarini berdi. Prognoz — “Barqaror”. Shu tariqa bank S&P, Fitch va Moody’s — dunyoning uchta yirik xalqaro reyting agentligining barchasidan kredit reytingiga ega bo‘ldi.

S&P Global Ratings 11-avgust kuni O‘zbekistondagi MKBANK’ka ilk bor xalqaro kredit reytingini berdi. Agentlik bankning uzoq muddatli emitent kredit reytingini “BB-”, qisqa muddatli reytingini esa “B” darajasida baholadi. Reyting bo‘yicha prognoz — “Barqaror”.

Fitch MKBANK’ni “BB” darajasida baholamoqda

MKBANK uchun xalqaro reytinglar tarixi S&P’dan oldin boshlangan. Bank Fitch Ratings bahosiga bir necha yildan beri ega.

2025-yil iyunida Fitch MKBANK’ning uzoq muddatli kredit reytingini “BB-”dan “BB”ga oshirgan edi. 2026-yil iyunidagi navbatdagi baholashda agentlik “BB” reytingini tasdiqladi va prognozni “Ijobiy” deb belgiladi.

Fitch MKBANK reytingini O‘zbekistonning suveren reytingi bilan tenglashtiradi. Bunda bankning davlat uchun strategik ahamiyati va zarur holatda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkinligi muhim omillardan biri sifatida baholanadi

Moody’s reytingi ham 2026-yilda yaxshilandi

MKBANK Moody’s bilan ham bir necha yildan beri ishlaydi. 2023-yilda agentlik bankning milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli depozit reytingini “Ba3” darajasida baholagan edi.

2026-yil 2-iyulda Moody’s Ratings MKBANK’ning uzoq muddatli depozit reytingini “Ba3”dan “Ba2”ga ko‘tardi. Prognoz esa “Ijobiy”dan “Barqaror”ga o‘zgartirildi.

Bank ma’lumotiga ko‘ra, Moody’s qarorida MKBANK’ning moliyaviy ko‘rsatkichlari mustahkamlanib borayotgani va O‘zbekistonda kichik hamda o‘rta biznesni moliyalashtirishdagi o‘rni inobatga olingan.

MKBANK’ning uchta xalqaro reytingi

2026-yil avgust holatiga MKBANK’ning asosiy xalqaro reytinglari quyidagicha:

— S&P Global Ratings — BB-/B, prognoz “Barqaror”;

— Fitch Ratings — BB, prognoz “Ijobiy”;

— Moody’s Ratings — Ba2, prognoz “Barqaror”.

Shunday qilib, 2026-yilning o‘zida MKBANK reytinglari bo‘yicha ikkita muhim voqea kuzatildi: Moody’s bank reytingini bir pog‘ona oshirdi, S&P Global Ratings esa bankni ilk bor baholab, unga “BB-” reytingini berdi.

Reklama huquqlari asosida