$
 11934.24
-75.03
 13591.91
-96.26
 152.98
-0.77
weather
+26
Кечаси   +14°

Moody’s Mikrokreditbank reytingini Ba2 darajasiga oshirdi. Bu nimani anglatadi?

Moody

Xalqaro reyting agentligi Moody’s Ratings “Mikrokreditbank” ATBning uzoq muddatli depozit reytingini Ba2 darajasiga oshirdi. Agentlik bank bo‘yicha prognozni ham “Barqaror” deb tasdiqladi.

Bu bankning moliyaviy holati, majburiyatlarini bajarish salohiyati va xalqaro investorlar oldidagi ishonchi yaxshilanayotganini anglatadi.

Moody’s nima?

Moody’s — dunyodagi eng nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri. U davlatlar, banklar va yirik kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini baholaydi. Oddiy qilib aytganda, Moody’s reytingi xalqaro moliya bozorida “bu tashkilotga qanchalik ishonish mumkin?” degan savolga javob beradi.

Ba2 reytingi nimani bildiradi?

Ba2 darajasi bankning moliyaviy majburiyatlarini bajarish salohiyati yaxshilanganini ko‘rsatadi. “Barqaror” prognoz esa yaqin davrda reyting bo‘yicha keskin salbiy o‘zgarish kutilmayotganini anglatadi.

Reklama huquqlari asosida